MAJOLIS UN-NAFOIS

«MAJOLIS UN-NAFOIS» («Nafislar majlislari») — Alisher Navoiy tazkirasi (1490—91; 1497—98 y. da qayta ishlangan). Turkiy tazkirachilikning ilk namunasi. Asarda 15-a. da Xuroson va qoʻshni mamlakatlarda yashagan shoir, yozuvchi va olimlar (jami 459 kishi) ijodiga oid qisqa maʼlumotlar berilgan. Maʼlumotlar yillar, geografik oʻrinlar hamda sulolaviy tartiblarga tayanib joylashtirilgan. 8 kiyem — «majlis»dan iborat. 1—2majlislarda muallifning salaflari — tazkira yozilayotgan vaqtda hayot boʻlmagan shoirlar, 3majlisda oʻziga zamondosh shoirlar haqida maʼlumotlar keltirilgan. 5—6 majlislarda Xuroson, Samarqand, Xorazm, Qarshi, Badaxshon, Qazvin, Sova, Kirmon, Sheroz va b. joylardan chiqqan kalam axdlari haqida; 7majlisda esa temuriylarga mansub shoirlar haqida fikr yuritilgan. 8 majlis Sulton Husayn Boyqaroga bagʻishlangan. Tazkirada shoirlarning bilim darajasi, axloqi, dunyoqarashi, mehnatga munosabati kabi xususiyatlari alohida koʻrsatilgan. Har bir shoirga berilgan tasnif uning ijodidan namuna keltirish bilan asoslangan.

Asarda badiiy ijod asosi va mohiyatini belgilovchi nazariy masalalar yuzasidan ham fikr yuritilgan: mazmun va shakl haqida fikrlar ilgari surilgan, shoirlar ijodiga baho berishda asarlarning gʻoyaviy mazmuni bilan birga badiiy mahoratiga ham eʼtibor qaratilgan. Navoiy oʻz davri adabiy muhitining qizgʻin manzarasini, adabiyotdagi poetik janr va turlar rangbarangligini koʻrsatib bergan. Asar qiziqarli va sodda, ravon uslubda yozilgan, fikrlar puxta va ixcham ifodalangan. Tazkira 15-a. oʻzbek ilmiy na-srining guzal namunasi hisoblanadi.

«Majolis un-nafois un-n.» boshqa xalqlar tillariga ham tarjima qilingan va tazkirachilik ishiga samarali taʼsir koʻrsatgan. Chunonchi, 16-a. da fors tiliga 3-marta (Faxriy Hirotiy, 1521—22, Hirot; Qazviniy, 1522—23, Istanbul; Shoh Ali, 1598, Nishopur) tarjima qilingan. Shoir Sodiqiy «Majolis un-nafois un-n.»dan il-homlanib, turkiyda «Tazkirai majma ul-xavos»ni tuzgan. «Majolis un-nafois un-n.»ning 15-a. oxiri — 16a. boshlarida kuchirilgan bir necha nusxasi Vena, Parij, Boku, Sankt-Peterburg, Toshkent va b. joylarda saqlanmoqda.

Ad.: Hayitmetov A., Alisher Navoiyning adabiytanqidiy qarashlari, T., 1959; Oy be k, Navoiyning «Majolis unnafois» asari haqida, 9-j., T., 1974; Mallayev N., Oʻzbek adabiyoti tarixi, 1kitob, 3nashri, T., 1976; Navoiy A., Asarlar [ 15 jiddli], 12-j., T., 1966; Navoiy, Mukammal asarlar toʻplami [20jildli], 13-j., T., 1997.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x