DIVAYEV Abubakr Ahmadjonovich

DIVAYEV Abubakr Ahmadjonovich (1855.7.12, Orenburg – 1933.5.2, Toshkent) — turkiyshunos, etnograf, folklorshunos. 1876-y. da Turkiston oʻlkasiga tarjimon sifatida yuborilgan. Dastlab, Avliyoota uyezdining uchastka nazoratchisi. Sirdaryo obl. general-gubernatori huzurida tarjimon va maxsus topshiriqlar bilan shugʻullanuvchi kichik amaldor. Qozoq tilini oʻrgangan. D. Turkistonni kezib, oʻzbek, qozoq, qoraqalpoq, qirgʻiz xalqlarining etn. si, folkloriga oid materiallar toʻplagan, ularning koʻpini … Читать далее

YOQUBBEK

YOQUBBEK (Muhammad Yoqubbek Badavlat, Otaliq gʻoziy) (1820, Piskent — 1877, Sharqiy Turkistonning Koʻrla sh.) — Qoʻqon xonligining harbiy va davlat arbobi, Yettishahar Uygʻur davlatining hukmdori (1865—77). Otasi Pirmuhammad Mirzo Qoʻqon xonligidagi Qurama qishlogʻi qozisi, onasi piskentlik krzi shayx Nizomiddinning singlisi. Yoqubbek 1845-y. Toshkentda askarlikka chaqirilgan. Togʻasi Toshkent qozisi bulib tayinlanishi va singlisining Toshkent hokimiga turmushga … Читать далее

QODIRXON YUSUF

QODIRXON YUSUF ibn Horun Bugʻroxon ibn Muso Tulka eloq ibn Sotuq (? — 1032-y. dek., Qashqar) — Sharqiy qoraxoniylar davlati xoni. Upgbiy va Ibn al-Asir Q. Yu. ni Xoʻtan hukmdori deb atashadi. Numizmatik maʼlumotlarga koʻra, u 1013—14 y. larda Yorkend, 1014— 15 y. larda Qashqarda ham hukmronlik qilgan. 1025-y. Q. Yu. va Mahmud Gʻaz-naviy bir … Читать далее

BISHKEK

BISHKEK (1926-y. gacha Pishpak, 1926—91 y. larda Frunze) — Qirgʻiziston Respublikasi poytaxti. Yirik sanoattransport tuguni, Qirgʻizistonning iqtisodiy va madaniy markazi. Chu vodiysida, Qirgʻiziston tizmasining shim. etagida, 700—900 m balandlikda joylashgan. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 5,4°, iyulniki 24,4°. Oʻrtacha yillik yogʻin 471 mm. Shahar mayd. 18,4 ming ga. Aholisi 631,3 ming kishidan ziyod (2000); qirgʻizlar … Читать далее

BUYDASHXON

BUYDASHXON, Buylashxon, Boydashxon (7—1560) — Joʻjixon avlodlaridan boʻlmish Katta juz xoni. Buydashxon oʻz hukmronligi davrida Movarounnahrga tez-tez bostirib kirib, mahalliy aholini talontaroj qilib turgan. Chunonchi, u 1560-y. 20 ta qozoq sultoniga bosh boʻlib, Fargʻona vodiysiga toʻsatdan bostirib kirganda, bir qancha qishloqlarni talagach, Axsikat sh. tomon yoʻl olgan. Shunda Oʻrta Osiyoda Maxdumi Aʼzamdan keyin naqshbandiylik tariqatiga … Читать далее

BOYZOQ DODXOH

BOYZOQ DODXOH, Boyzoqbiy (1789—1864) — Avliyoota atrofidagi qozoqlarni boshqarish uchun Qoʻqon xoni tomonidan tayinlangan hokim (dodxoh). Katta juz tarkibidagi duglat qabilasining shimir urugʻidan. Qoʻqon xonligiga qarshi kayfiyatda boʻlgan Boyzoq dodxoh yashirincha oʻgʻli Oqmolda (Oqmulla) botir sarkorligidagi 1000 ta yigitni Avliyoota yaqinida turgan rus qoʻshinlariga yordamga yuborgan (1864). Bundan xabar topgan Qoʻqon xonligi amiri lashkari Alimqul … Читать далее

AVIATRASSA

AVIATRASSA — fuqaro havo flotining turli samolyotlari va vertolyotlari muntazam ravishda qatnaydigan havo yoʻli. A. da aerodromlar va b. vosi-talar (yoʻl chiroqlari, tanish belgilari, aviatsiya mayoqlari va h. k.) boʻladi. Fuqaro aviatsiyasida samolyot hamda vertolyotlar, odatda, Aviatrassa boʻylab uchadi. Baʼzan ayrim hollarda (ekspeditsiya, tibbiy yordam koʻrsatish va b.) A. dan tashqari ham uchish mumkin. Oʻzbekistonda … Читать далее