BOYZOQ DODXOH

BOYZOQ DODXOH, Boyzoqbiy (1789—1864) — Avliyoota atrofidagi qozoqlarni boshqarish uchun Qoʻqon xoni tomonidan tayinlangan hokim (dodxoh). Katta juz tarkibidagi duglat qabilasining shimir urugʻidan. Qoʻqon xonligiga qarshi kayfiyatda boʻlgan Boyzoq dodxoh yashirincha oʻgʻli Oqmolda (Oqmulla) botir sarkorligidagi 1000 ta yigitni Avliyoota yaqinida turgan rus qoʻshinlariga yordamga yuborgan (1864). Bundan xabar topgan Qoʻqon xonligi amiri lashkari Alimqul uni Chimkentga chaqirtirib olib, qatl qilgan. 120 ta qozoq biylarining sardori boʻlgan Boyzoq dodxoh oʻlimi Alimqulga nisbatan obroʻli qozoklar ommasida kuchli adovat uygʻotdi. Ana shu adovat oqibatida ular ruslarga koʻngilli askarzobit boʻlib xizmatga kirishgan. Boyzoq dodxoh oʻgʻilu qarindoshlari va yaqinlaridan 400 kishi general Chernyayev qoʻshini safida Toshkent yurishida qatnashdi. Chernyayev 1864-y. ning 27 sent. ida Toshkentga qilgan yurishida Boyzoq dodxohning oʻgʻli Oqmulla yuklar ortilgan tuyalarni boshqarib borgan, boshqa oʻgʻillari esa yoʻl boshlovchi boʻlib xizmat qilishgan. Jambul viloyatida Boyzoq dodxohning yodgorliklari hanuzgacha saqlangan. Boyzoq dodxoh qozoq xalqini dehqonchilik bilan shugʻullanishga, oʻtroq hayot kechirishni oʻrgatishda koʻp mehnat sarflagan.

Ad.: Oʻzbekistonning yangi tarixi. Birinchi kitob. Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida, T., 2000.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x