DIVAYEV Abubakr Ahmadjonovich

DIVAYEV Abubakr Ahmadjonovich (1855.7.12, Orenburg – 1933.5.2, Toshkent) — turkiyshunos, etnograf, folklorshunos. 1876-y. da Turkiston oʻlkasiga tarjimon sifatida yuborilgan. Dastlab, Avliyoota uyezdining uchastka nazoratchisi. Sirdaryo obl. general-gubernatori huzurida tarjimon va maxsus topshiriqlar bilan shugʻullanuvchi kichik amaldor. Qozoq tilini oʻrgangan. D. Turkistonni kezib, oʻzbek, qozoq, qoraqalpoq, qirgʻiz xalqlarining etn. si, folkloriga oid materiallar toʻplagan, ularning koʻpini tarjima qilib, sharhlar bilan nashr ettirgan. Sharq in-ti, Oʻrta Osiyo davlat untini tashkil etishda qatnashdi, shu oliy oʻquv yurtlarida oʻqituvchilik qildi. Turkiston oʻlkasi muzeyida etn. va arxeologiya boʻlimini boshqardi. Madaniyat yodgorliklarini saklash, tarix, etn. va xalq badiiy ijodini oʻrganish sohasida Moskva, Qozon va Toshkentda ish olib borgan davlat va jamoatchilik ilmiy tashkilotlarining faol aʼzosi. «Sirdaryo oblasti statistikasi uchun materiallar toʻplami» (1 —13-jildlar, 1891 — 1907)ga Divayevning muhim etnografik tadqiqotlari kiritilgan. Divayev «Botirlar» (1922) qahramonlik eposini yaratgan. Divayev asarlari Turkiston xalqlarining moddiy va maʼnaviy madaniyatini oʻrganishda muhim rol oʻynadi.

Ad.: Istoriografiya obщyestvennыx nauk v Uzbekistane, T., 1974.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x