BISHKEK

BISHKEK (1926-y. gacha Pishpak, 1926—91 y. larda Frunze) — Qirgʻiziston Respublikasi poytaxti. Yirik sanoattransport tuguni, Qirgʻizistonning iqtisodiy va madaniy markazi. Chu vodiysida, Qirgʻiziston tizmasining shim. etagida, 700—900 m balandlikda joylashgan. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 5,4°, iyulniki 24,4°. Oʻrtacha yillik yogʻin 471 mm. Shahar mayd. 18,4 ming ga. Aholisi 631,3 ming kishidan ziyod (2000); qirgʻizlar 34,6%, ruslar 47,4%, ukrainlar 4,3%, tatarlar 2,5%, uygʻurlar 2,1%, oʻzbeklar 1,8%, boshqa millatlar 7,3% ni tashkil qiladi. Bishkek 4 maʼmuriy tumanga boʻlingan.

Hoz. Bishkek oʻrnida 1825-y. qoʻqonliklar tomonidan Pishpak (koʻqonlik tarixchilar asarlarida Pishkak) qalʼasiga asos solingan. 1860 va 1862-y. larda rus qoʻshinlari Ashtak dovoni orqali bostirib kelib qalʼani egallagan va butunlay vayron qilgan. 1864-y. da Bishkek oʻrnida Pishpak rus harbiy istehkomi barpo etildi. Tez orada Bishkek orqali Yettisuv savdo trakti (ToshkentSemipalatinsk) vujudga keldi. 1878-y. dan B. Yettisuv viloyatining uyezd shaqri. Mayda oziq-ovqat va koʻn sanoati korxonalari boʻlgan. Aholisi savdo-sotiq, kirakashlik, bogʻdorchilik, sabzavotchilik va gʻallachilik bilan shugʻullangan. Pishpak 1918-y. dan Turkiston Muxtor Respublikasi tarkibida, 1924-y. dan Qora qirgʻiz (1925-y. dan Qirgʻiziston) muxtor viloyatining markazi. Bishkek 1926-y. dan — Qirgʻiziston Muxtor Respublikasining, 1936-y. dan Qirgʻiziston Respublikasining poytaxti.

Bishkekda 1941—45 y. lar urushi davrida yangi sanoat korxonalari qurilib front uchun qurolyarogʻlar ishlab chiqarilgan. Metallsozlik va mashinasozlik rivojlandi, urushdan keyin B. Qirgʻizistonning eng yirik industrial markaziga aylandi.

Shaharda 94 sanoat korxonasi, 2,7 ming kichik korxona, 42 assotsiatsiya, 2 konsorsium, 365 firma, 10 birja, 69 aksiyadorlik jamiyati, 494 masʼuliyati cheklangan jamiyat, 18 tijorat banklari, 8 konsern va 4 korporatsiya bor. Kime, kimyofarmatsevtika sanoati korxonalari, «Qirgʻizmebel» birlashmasi, uysozlik k-tlari, temirbeton buyumlar z-di, issiklik elektr markazi ishlab turibdi. Bishkek Buxoro — Toshkent—Olmaota gaz quvuri orkali gaz bilan taʼminlangan. 2 t. y. vokzali, «Manas» xalqaro aeroporti bor. T. y. orqali Taroz sh. (sobiq Avliyoota) bilan bogʻlangan.

Shahar meʼmorligi 1872-y. gi dastlabki reja boʻyicha shakllanib, toʻgʻri burchakli kesishgan koʻchalar bilan birga uncha katta boʻlmagan mahallalarga boʻlingan. Uylar, asosan, paxsa va sinchdan bir qavatli qilib qurilib, somonli loy bilan suvalgan. 20—40-y. larda Madaniyat vazirligi binosi (1926), Hukumat uyi (1934), Tibbiyot inti (1939) va viloyat ijroiya qoʻmitasi binolari (1938) qurilgan. Bishkekni qayta qurish rejalariga (1939, 1948—58, 1971) koʻra shahar koʻchalari kengaytirildi, mikrorayonlar barpo etildi. Shaharda 2—4 qavatli zilzilabardosh turar joy va jamoat binolari qurildi. 50—70y. larda Tinchlik prospektida yangi mikrorayonlar vujudga keldi. Opera va balet teatri (1955), shahar kutubxonasi (1957—62), shahar markazidagi maydonda binolar ansambli (1956), q. x. vazirligi (1954—60), Sport saroyi (1974), Tasviriy sanʼat muzeyi (1974) binolari bunyod etildi.

1996/97 oʻquv yilida 77 umumiy taʼlim maktabida 93,3 ming oʻquvchi, hunartexnika bilim yurtlarida 5,7 ming oʻquvchi, oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida 11,7 ming oʻquvchi oʻqidi, maktabgacha tarbiya muassasalarida 16,2 ming bola tarbiyalandi.

Shaharda 8 oliy oʻquv yurti (Qirgʻiziston milliy unti, QirgʻizistonRossiya slavyan unti, texnika unti, q. x. akademiyasi, tibbiyot akademiyasi, Xalqaro int, fizkultura inti, sanʼat inti) faoliyat koʻrsatadi. Yangi kollej, litsey va gimnaziyalar, xalqaro, davlatxususiy maktablari ochilmoqda. Bishkekda Milliy Fanlar akademiyasi, tarmoq ilmiy tadqiqrt intlari mavjud.

Qirgʻiziston Respublikasi davlat kutubxonasi, 22 yirik ommaviy kutubxona, 7 muzey, 6 teatr, 10 kinoteatr, «Qirgʻizfilm» kinostudiyasi ishlab turibdi (90-y. lar oxirlari).

Bishkekda «Qirgʻiziston» Matbuot uyi, Qirgʻiziston ensiklopediyasi Bosh tahririyati, «Ilim» nashriyoti, yirik poligrafkombinat, respublika axborot organi — Qirgʻiziston telegraf agentligi joylashgan. Respublikada 128 gaz., 15 jurnal chop etiladi. 1974-y. dan «Bishkek oqshomi» shahar gaz. nashr etiladi. Mahalliy radioeshittirishlar qirgʻiz va rus tillarida olib boriladi.

9680 oʻrinli 32 kasalxonada 3792 vrach va 7253 dan ziyod oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishladi (90-y. lar oxirlari). Bishkek va uning atrofida Issiqota kurorti, kardiologiya sanatoriysi, dam olish uylari, profilaktoriylar joylashgan. Bishkek — respublikada turizm markazi. Turistik mehmonxona va bazalar bor. Boshqa respublikalar va mamlakatlar b-n temir yoʻl, avtomobil, havo yoʻllari orqali bogʻlangan.

3. B. Beysheyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x