OQ HUN

OQ HUN — gʻarbiy hunlar. Hunlar davlatinnng soʻnggi davrida shim. hunlar hukmdori Qut ush qabilasi bilan gʻarbga Qangʻ davlati tomon chekingan. Mazkur davlatning xoni qudachilik hurmati yuzasidan Qutushga va uning odamlariga oʻz hududidan joy bergan. Oradan koʻp oʻtmay hunlar Yaypan (Yuepan) xonligini tashkil etgan. U Uysun (Usun) xonligining shim-gʻarbida (hoz. Jan. Qozogʻiston) joylashgan. Mil. av. … Читать далее

AVLIYOOTA QORAMOL ZOTI

AVLIYOOTA QORAMOL ZOTI — sut uchun boqiladigan zot. 19-a. oxiri — 20a. boshlarida Qirgʻizistonning Talas vodiysi va Qozogʻistonning Avliyoota uyezdi (hoz. Jambul viloyati)da jaydari zotlarni golland qoramol zoti bilan chatishtirishdan olingan avlodlarni oʻzaro urchitish nuli bilan yaratilgan. 1950-y. da Avliyoota qoramol zoti rasman tasdiqlangan. Avliyoota qoramol zoti asosan ola, baʼzan qora. Buqalarining tirik vazni 800—950 … Читать далее

OʻRTA OSIYO QOʻZGʻOLONI

OʻRTA OSIYO QOʻZGʻOLONI (1916) , mardikorlar qoʻzgʻoloni — 1-jahon urushi davri (1914—18)da Rossiya podsho hukumatining mustamlakachilik siyosatiga qarshi Oʻrta Osiyo xalqlarining chiqishlari. Oʻrta Osiyo Qoʻzgʻoloni aslida oʻlkada tobora kuchayib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy qarama-qarshiliklar mahsuli boʻlib, uning boshlanishi uchun Nikolay II ning 1916 yil 25-iyundagi mardikorlikka olish haqidagi farmoni bahona boʻlgan. Bu farmon ijtimoiy-iqtisodiy tomondan … Читать далее

FUQARO AVIATSIYASI

FUQARO AVIATSIYASI — xalq xoʻjaligi sohasi; havo yoʻllari orqali yoʻlovchi, yuk, pochta tashish, q. x. da va oʻrmonchilik sanoatida, geol. kidiruv ishlari, baliq ovlash, turli sanoat obyektlarini qurishda, joylarni aerofotosuratga olish, tibbiysanitariya xizmatida va b. maqsadlarda foydalaniladi. Fuqaro aviatsiyasi tarkibida zamonaviy samolyotlar va vertolyotlar parki, texnika inshootlari tizimiga ega boʻlgan havo yoʻllari tarmokdari, aeroportlar, aerodromlar, … Читать далее

QOʻQON XONLIGI

QOʻQON XONLIGI — oʻzbek xonliklaridan biri (18—19-a. lar). Poytaxti — Qoʻqon. Minglar urugʻidan boʻlgan Shohruxbiy 1709-y. da asos solgan. Bu davlat tarkibiga dastlab Qoʻqon, namangan. Margʻilon, Konibodom, isfara va ularning atrofidagi qishloqlar kirgan. Abdurahimbiy davrida Buxoro xonligiga harbiy yurish qilinib Samarqand egallanadi (1732). Abdulkarimbiy davrida 1746-y. qalmoqlar Fargʻona vodiysiga hujum qilib, Oʻsh, Andijon, Margʻilon sh. … Читать далее

OʻRATEPA ZILZILASI

OʻRATEPA ZILZILASI — Turkiston tizmasining shim. etagida 1897 yil 17-sentyabr soat 15 yarimlarda sodir boʻlgan. Uning kuchi Oʻrta Osiyoning katta qismida sezilgan. Yer qimirlash markazida (Oʻratepa yaqinida) magnitudasi 6,6, kuchi 8 ballga yetgan. Oradan 2 soat oʻtgach, zilzila deyarli shunday kuch bilan yana takrorlangan. Zilzila zarbidan koʻplab qishloqlar, ayniqsa, Oʻratepaning shim. gʻarbidagi Uvoq, Irganakli, Turkoman … Читать далее

XRISTIANLIK

XRISTIANLIK — jahonda keng tarqalgan dinlardan biri. Yevropa, Amerika mamlakatlarida, Avstraliyada, faol missionerlik xarakati natijasida Afrika, Yakin Sharqda va Uzoq Sharqning birnecha mintaqalaridakeng yoyilgan. Jahonda bu dinga taxm. 2 mlrd. kishi eʼtiqod qiladi. Xristianlikning asosiy goyasi xudoodam — Iisus Xristos (Iso masih; q. Iso) haqidagi rivoyatlar bilan bogʻliq. X. taʼlimotiga kura, Xudo yagona, lekin u … Читать далее

JIZZAX VILOYATI

JIZZAX VILOYATI — OʻzR tarkibidagi viloyat. Respublikaning markaziy qismida. 1973-y. 28 dek. da tashkil etilgan. Shim.-sharqda Qozogʻiston Respublikasi va Sirdaryo viloyati, jan.gʻarbda Samarqand, Navoiy viloyatlari, jan.-sharqda Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Mayd. 21,1 ming km2. Aholisi 991 ming kishi (2001). Jizzax viloyatida 12 qishloq tumani (Arnasoy, Baxmal, Doʻstlik, Jizzax, Zarbdor, Zafarobod, Zomin, Mirzachoʻl, Paxtakor, Yangiobod, Forish, … Читать далее

TAROZ

TAROZ, Talas (1936-y. gacha Avliyoota, 1936—1938-y. larda Mirzoyan, 1938-y. dan Jambul, 1998-y. dan Taroz) — Krzogʻiston Respublikasi Jambul viloyatidagi qad. shahar, viloyatning maʼmuriy markazi. Olmaotadan 545 km gʻarbda, Talas daryosini t. y. kesib oʻtgan joyda. Aholisi 325 ming kishiga yaqin (2003). Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, Taroz taxm. 5-a. da vujudga kelgan. Dastlab, vizantiyaliq elchi Zemarx tomonidan … Читать далее

CHIGILLAR

CHIGILLAR, Chikil — turkiy qabilalar ittifoqi. 10—11a. larda Issiqkoʻlning shim. sharqida va Tatar rnida yashaganlar. Chigillar Ili daryosi vodiysida, Qashqar yaqinidagi qishloqlarda va istehkomli kichik Chigil sh. (hoz. Avliyoota yaqinida)da yashashgan. Turkman oʻgʻuzlar Amudaryodan Xitoygacha boʻlgan hududlarda yashagan barcha turkiy qavmlarni Chigillar deb atashgan. Chigillar koʻchmanchi hayot kechirib, asosan, chorvalik bilan shugʻullanganlar. Taxm. 900-y. Ch. … Читать далее