AVIATRASSA

AVIATRASSA — fuqaro havo flotining turli samolyotlari va vertolyotlari muntazam ravishda qatnaydigan havo yoʻli. A. da aerodromlar va b. vosi-talar (yoʻl chiroqlari, tanish belgilari, aviatsiya mayoqlari va h. k.) boʻladi. Fuqaro aviatsiyasida samolyot hamda vertolyotlar, odatda, Aviatrassa boʻylab uchadi. Baʼzan ayrim hollarda (ekspeditsiya, tibbiy yordam koʻrsatish va b.) A. dan tashqari ham uchish mumkin. Oʻzbekistonda — birinchi marta 1924-y. da ToshkentAvliyoota — Pishpek Aviatrassasi barpo etilgan. 1999-y. da «Oʻzbekiston havo yoʻllari» Milliy aviakompaniyasi bilan 55 chet el aviakompaniyasi oʻrtasida yoʻlovchi va yuklar tashish boʻyicha hamkorlik oʻrnatildi. Milliy aviakompaniya Yevropa, Osiyo va AQSH davlatlarining OʻzR ichida 16 yoʻnalish boʻyicha samolyotlar qatnovini yoʻlga qoʻydi. Oʻzbekiston Respublikasidan qatnaydigan umumiy havo yoʻlining uzunligi 2 mln. km dan oshdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x