YEVROPA TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKI

YEVROPA TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKI (YETTB) (The European Bank for Reconstrustion and Development) — Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari, shuningdek, MDH ga aʼzo mamlakatlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishga yordam koʻrsatuvchi xalqaro bank. 1990-y. da 42 aʼzo mamlakat hukumatlari tomonidan 10 mlrd. ekyu mablagʻ bilan tashkil etilgan. 1991-y. dan faoliyat olib boradi. Shtab-kvartirasi Londonda. YETTB bozor … Читать далее

YAHUDIYLAR MUXTOR VILOYATI

YAHUDIYLAR MUXTOR VILOYATI — RF Xabarovsk oʻlkasining jan. gʻarbidagi muxtor viloyat. 1934 yil 7-mayda tashkil etilgan. Amur daryosi boʻyida. Janubiy da Xitoy bilan chegaradosh. Mayd. 36 ming km2. Aholisi 190,9 ming kishi (2002), yahudiy, rus, ukrain va boshqalar millat vakillari yashaydi. Shahar aholisi 67,3%. Muxtor viloyat 5 tumanga boʻlingan, 2 shahar va 12 shaharcha bor. … Читать далее

YANGI CHINOZ

YANGI CHINOZ — Toshkent viloyatining Chinoz tumanidagi shaharcha (1992-yildan). T. y. stansiyasi (Chinoz). Viloyatning gʻarbiy qismida, Toshkent — Nukus avtomagistralida, tuman markazi (Chinoz shahri) dan 7 km narida. Sirdaryo va Chirchiq daryolari yonida. Aholisi 3,7 ming kishi (2005). Shaharchada 7 korxona, shuningdek, dehqon bozori, 20 dan ortiq savdo shoxobchasi, tijorat banki faoliyat koʻrsatadi. Sanoatining asosiy … Читать далее

YALTA

YALTA — Ukrainaning Qrim Respublikasidagi shahar (1837 yil dan). Qora dengiz boʻyidagi port va mashhur iqlimiy kurort, Qrim ya. o. ning lan. sohilida. Simferopolt. y. stansiyasidan 79 km (Ya. — Simferopol yoʻnalishida trolleybus qatnaydi). Simferopol, Boqchasaroy. Sevastopol shahrilariga boradigan avtomobil yoʻllari chorrahasi. Dengiz yoʻllari orqali Odessa, Batumi, RostovDon shahri lari bilan boglashan. Aholisi 81,6 ming … Читать далее

YOGʻMOY SANOATI

YOGʻMOY SANOATI — oziqovqat sanoatining oʻsimlik moyi i. ch., yogʻlarni tozalash, gidrogenlash, dezodoratsiyalash, glitserin, margarin, mayonez, xoʻjalik sovunlari, sintetik moy kislotalari asosida kir yuvish vositalari, aliflar va b. mahsulotlar tayyorlashni oʻz ichiga oladigan tarmogʻi. Oʻzbekistonda Yogʻmoy sanoati oziqovqat sanoatining yetakchi tarmoqdaridan hisobanadi. Mamlakatda ishlab chiqariladigan oziqovqat sanoati umumiy mahsuloti hajmining 40% ga yaqinini beradi. OʻzRda … Читать далее

YEVROPA VALYUTA HAMKORLIGI FONDI

YEVROPA VALYUTA HAMKORLIGI FONDI (European Monetary Cooperation Fund) — Yevropa Ittifoqining maxsus fondi. 1972 i. Bazelda imzolangan tartibga solinadigan valyuta yoʻlagini yaratish toʻgʻrisidagi bitimni amaliyotga joriy etish maqsadida 1973-y. da tuzilgan. Fond Xalqaro hisob-kitoblar banki yordamida Ittifoq mamlakatlari valyuta bozorida intervensiyalar tufayli yuzaga keladigan oʻzaro debet va kredit operatsiyalarida kliring agent sifatida faoliyat yuritadi. Bundan … Читать далее

YASHIRIN IQTISODIYOT

YASHIRIN IQTISODIYOT, xufiya iqtisodiyot — ishtirokchilar tomonidan oshkora olib borilmaydigan, davlat va jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan, soliqlar toʻlanmaydigan, rasmiy davlat statistikasida qayd etilmaydigan iqtisodiy jarayonlar, iqtisodiy faoliyat turlari. Yashirin iqtisodiyot oshkora payqab boʻlmaydigan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash, isteʼmol jarayonlari — iqtisodiy munosabatlar boʻlib, uning negizida ayrim kishilar yoki kishilar guruhi manfaatlari yotadi. … Читать далее

YANGIQOʻRGʻON

YANGIQOʻRGʻON — Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanidagi shaharcha (1976 yil dan), tuman markazi. Yaqin t. y. stansiyasi — Chortoq (16 km). Viloyat markazi (Namangan shahri) gacha 22 km. Aholisi 16,1 ming kishi (2005). Aholisi va xoʻjaliklari Pochchaotasoydan suv oladi. Paxta tozalash z-di, non kti, tikuvtrikotaj f-kasi, MTP, qurilish tashkilotlari, avtokorxona va boshqalar korxonalar bor. Kichik, oʻrta … Читать далее

YOʻLOʻTAN

YOʻLOʻTAN — Turkmanistonning Mari viloyatidagi shahar (1939-y. dan). Yoʻloʻtan tumani markazi. T. y. stansiyasi. Murgʻob daryosining quyi oqimida, Mari sh. dan 61 km jan. da, Mari — Sarhadobod yoʻnalishidagi t. y. stansiyasi. Aholisi 27 ming kishi (1999). Yoʻloʻtan 1939-y. gacha t. y. stansiyasi yonidagi aholisi, asosan, savdo-sotiq bilan shu-gʻullanadigan qishloq boʻlgan. 1940—60 y. larida Yoʻloʻtan … Читать далее

YANGIYOʻL

YANGIYOʻL (1934-yil gacha Qovunchi qishlogʻi) — Toshkent viloyatidagn shahar. Chirchiq daryosining oʻng sohilida, Katta Oʻzbekiston trakti yonida, oʻrtacha 307 m balandlikda. T. yil stansiyasi. Aholisi 60,3 ming kishi (2005). Shahar oʻrtasidan Kurkuldak arigʻi, shahar chekkasidan Joʻnariq kanali oʻtgan. 10 dan ortiq sanoat korxonasi, 500 dan ziyod kichik va oʻrta biznes korxonasi, 1500 dan ortiq tadbirkor … Читать далее