YANGI CHINOZ

YANGI CHINOZToshkent viloyatining Chinoz tumanidagi shaharcha (1992-yildan). T. y. stansiyasi (Chinoz). Viloyatning gʻarbiy qismida, Toshkent — Nukus avtomagistralida, tuman markazi (Chinoz shahri) dan 7 km narida. Sirdaryo va Chirchiq daryolari yonida. Aholisi 3,7 ming kishi (2005). Shaharchada 7 korxona, shuningdek, dehqon bozori, 20 dan ortiq savdo shoxobchasi, tijorat banki faoliyat koʻrsatadi. Sanoatining asosiy tarmogʻi — un tegirmoni va qumshagʻal karyerlari. Umumiy taʼlim maktabi, kutubxona, ambulatoriya bor. Ya. Ch. yonida daryo boʻylarida 30 dan ortiq dam olish maskani joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x