YOʻLOʻTAN

YOʻLOʻTAN — Turkmanistonning Mari viloyatidagi shahar (1939-y. dan). Yoʻloʻtan tumani markazi. T. y. stansiyasi. Murgʻob daryosining quyi oqimida, Mari sh. dan 61 km jan. da, Mari — Sarhadobod yoʻnalishidagi t. y. stansiyasi. Aholisi 27 ming kishi (1999). Yoʻloʻtan 1939-y. gacha t. y. stansiyasi yonidagi aholisi, asosan, savdo-sotiq bilan shu-gʻullanadigan qishloq boʻlgan. 1940—60 y. larida Yoʻloʻtan yaqinida Sariyozi suv om-bori qurilgan. Shaharda paxta tozalash z-di, trikotaj, ip yigiruv f-kalari, sut z-di, mol fermalari bor. Paxta urugʻchiligi va seleksiyasi boʻyicha ilmiy tadqiqot inti faoliyat koʻrsatadi. 6 umumiy taʼlim maktabi, kutubxona, madaniyat va istirohat bogʻi, markaziy kasalxona, maishiy xizmat koʻrsatish va savdo shoxobchalari bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x