YUQORI CHIRCHIQ TUMANI

YUQORI CHIRCHIQ TUMANI — Toshkent viloyatidagi tuman. 1926 yil 29-sentyabr da tashkil etilgan. 1959-yilda Parkent tumani, 1962-yilda Boʻstonliq tumani qoʻshildi. 1964-yildan Boʻstonliq, 1979-yildan Parkent tumani ajralib chiqsi. Shim. sharqdan Boʻstonliq va Parkent, jan. va jan. sharqsan Ohangaron, jan. gʻarbdan Oʻrta Chirchiq, gʻarbdan Toshkent shahri va Qibray tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 0,44 ming km2. Aholisi 112,5 … Читать далее

YUSUPOV Akrom Mamatovich

YUSUPOV Akrom Mamatovich (1905.1.5, Quva — 1975.26.11, Toshkent) — sirk artisti, masxaraboz. Oʻzbekiston xalq artisti (1961). 8 yoshidan amakisi — dorboz Hotam Madaliyevdan dorbozlik va muallaqchilikni oʻrgangan. 14 yoshidan xalq sirkchilari truppasida ishlagan. 1920—30 yillarda komik akrobatika, voltijyorlik, turnik ustida mashq bajarish, chavandozlik tomoshalarida qatnashgan. 1942-yildan Oʻzbek sirki jamoasi tarkibidagi Toshkanboyevlar dasturida ishtirok etdi va … Читать далее

YARMARKA

YARMARKA (nem. — yillik bozor) — belgilangan joyda muayyan muddatlarda muntazam tashkil etiladigan yirik bozor; sotuvga qoʻyilgan tovarlar koʻrgazmasi. Yarmarka larning asosiy maqsadi xaridorlarni tovarlar bilan vositachilarsiz, bevosita tanishtirish va ularning namunalar boʻyicha ulgurji va chakana savdosini uyushtirishdan iborat. Yarmarka mavjud, ishlab chiqariladigan va bozorga chiqarishga moʻljallangan mahsulot toʻgʻrisida axborot beradi. Yarmarka universal, koʻp tarmoqli … Читать далее

YAPONIYA

YAPONIYA (yaponcha Nippon, Nixon) — Sharqiy Osiyoda, Tinch okeandagi orollarda joylashgan davlat. Ya. hududida 6,8 mingga yaqin orol boʻlib, shim. sharqdan jan. gʻarbga qariyb 3,5 ming km ga choʻzilgan; eng yirik orollari: Xokkaydo, Xonsyu, Sekoku va Kyusyu. Shim. dan Oxota dengizi, sharq va jan. sharqdan Tinch okean, gʻarbdan Yapon va SharqiyXitoy dengizlari bilan oʻralgan. Mayd. … Читать далее

YANGIYER

YANGIYER — Sirdaryo viloyatidagi shahar. Viloyat kengashiga qarashli. 1957 yil da asos solingan. Toshkentdan 150 km jan. gʻarbda, Toshkent — Xovos t. y., Katta Uzbekiston trakti, Janubiy Mirzachoʻl kanali yoqasida joylashgan. T. y. stansiyasi. Viloyat markazi (Guliston shahri) dan 30 km uzoklikda. Aholisi 30 ming kishi (2004). Shahardagi 400 dan ortiq xoʻjalik yurituvchi subyektdan 34 … Читать далее

YAKKABOGʻ TUMANI

YAKKABOGʻ TUMANI — Qashqadaryo viloyatidagi tuman. 1926 yil 29-sentyabrda tashkil etilgan. Yakkabogʻ tumani turli yillarda Shahrisabz, Chiroqchi, Qamashi tumanlariga qoʻshilgan. Keyin yana ajratilgan. Shim. dan Chiroqchi, Shahrisabz, sharq, gʻarb va jan. dan Qamashi tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 1,3 ming km2. Aholisi 190 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Yakkabogʻ), 1 shaharcha (Eski Yakkabogʻ), 9 qishloq … Читать далее

YADRO FIZIKASI INSTITUTI

YADRO FIZIKASI INSTITUTI, Oʻzbekiston FA Yadro fizikasi instituti — yadro fizikasi, qattiq jismlar radiatsion fizikasi, materialshunoslik, aktivatsion tahlil, radiokimyo, ilmiy asbobsozlik, informatsiya texnologiyalari yoʻnalishlari boʻyicha fundamental va amaliy tadqiqotlar olib boruvchi ilmiy muassasa. Akad. I. V. Kurchatov, U. O. Orifov va S. A. Azimovlarning tashabbusi bilan 1956 yil tashkil etilgan. 1957-yildan boshlab yadro reaktori, fizika … Читать далее

YoSh TOMOSHABINLAR TEATRI

YoSh TOMOSHABINLAR TEATRI, Yoʻldosh Oxunboboyev nomidagi Oʻzbek davlat respublika yosh tomoshabinlar teatri — bolalar teatri. Toshkentda rus yosh tomoshabinlar teatri tarkibidagi oʻzbek qoʻgʻirchoq truppasi zamirida 1929-y. da milliy studiya sifatida tashkil etilgan. Teatrning birinchi rej. va aktyori Nurxon Eshmuhamedov, birinchi rassomi Shonazir Shorahimov. 1930-y. studiyachilar bir necha pyesalarni sahnalashtirib professional teatr darajasiga koʻtarildi. 1943-y. dan … Читать далее

DEHQONOBOD

DEHQONOBOD — Sirdaryo viloyatidagi shaharcha. Guliston tumaninnnt markazi. Aholisi 10,5 ming kishi (2000); asosan oʻzbeklar, shuningdek, rus, ukrain, tatar, koreys, tojik va b. millat vakillari ham yashaydi. Viloyat markazi — Gulistondan 24 km. Yaqin t. y. stansiyasi — Guliston (24 km). Dehqonobodda dastlab 1886-y. Rossiyaning Poltava, Tver gubernyalaridan podsho hukumati tomonidan koʻchirib keltirilgan rossiyaliklar yashagan. … Читать далее

GʻIJDUVON TUMANI

GʻIJDUVON TUMANI — Buxoro viloyatidagi tuman. Viloyatning shim.sharqiy chekkasida joylashgan. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan.: 1935 — 38 y. larda Akmal Ikromov tumani nomi bilan yuritp. tgan. Shim.. sharq va jan.sharqdan Navoiy viloyatining Konimex, Karmapa. jan. dan Vobkent, gʻarbdan Shofirkon tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 3,94 ming km,. Axrlisi 239 ming kishi (2005). Tumanda 1 … Читать далее