GAROV SIFATIDA TUTQUNLIKKA OLISH

GAROV SIFATIDA TUTQUNLIKKA OLISH — shaxsni tutqunlikka olib, davlat, xalqaro tashkilot, jismoniy yoki yuridik shaxsdan biron-bir harakat sodir etish yoki biron-bir harakat sodir etishdan oʻzini tiyib turishni talab qilib, garov sifatida ushlab turilgan shaxsni ozod qilish shartini qoʻyishdir. Garov sifatida tutqunlikka olish Oʻzbekiston Respublikasi JK boʻyicha jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlardan hisoblanadi. Bunda aybdor shaxsni tutqunlikka olib, oʻz talablarini qoʻyar ekan, eng avvalo tutkunlikka olingan shaxcni, shuningdek boshqa shaxslarning sogʻligʻi va hayotini xavf ostida qoldiradi. Jinoyat subyekti 16 yoshga toʻlgan har qanday aqli raso shaxs boʻlishi mumkin. Agar tutqunlikka olingan shaxs bir kishi boʻlsa, aybdorning mol-mulki musodara qilinib, 10 yilgacha muddatga ozodlikdan maxrum qilish b-n; G. s. t. o. voyaga yetmagan shaxsga nisbatan, 2 yoki undan ortiq shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, shuningdek ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, mol-mulk musodara qilinib, 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish b-n jazolanadi (OʻzR JK 245-modda).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x