VARIATOR

VARIATOR (lot. vario — uzgartiraman) — yuritma (harakatlantirgich) bilan ish bajaruvchi mexanizm orasidagi uzatish nisbatini bir tekis oʻzgartiradigan qurilma. Pogʻonasiz uzatma V. ning asosiy qismi hisoblanadi. Turli sharoitlarda mashina va mexanizmlarning maqbul (optimal) tezliklarda ishlashini taʼminlaydi. Mas., metropoliten eskalatorlarida Variator yordamida dasta bilan zinalarning xarakat tezliklari baravarlashtiriladi (eskalatorda ketayotganingizda qoʻlingizni dastaga qoʻyib tursangiz, dasta zinalarga nisbatan tezroq surilayotganligini sezasiz. Bu hol V. ning yaxshi ishlamayotganligini bildiradi). Variatorning mexanik sirti ikkinchisining yon tomoniga tegib harakat qiladigan ikkita diyekdan iborat friksion uzatmadir. Yetaklanuvchi (vertikal) valning harakatini oʻzgartirish uchun birinchi disk oʻz oʻqida suriladi. Variator mashina, mexanizmlarda, kimyo, toʻqimachilik sanoati va transportda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x