ARXANGELSK

ARXANGELSK — shahar (1613-y. gacha Novoxolmogori), RF Arxangelsk viloyati markazi. A. Rossiyadagi eng yirik dengiz va daryo portlaridan biri. Aholisi 410 mingdan ziyod (1999). Yirik t. y. tuguni. Arxangelskning asosiy qismi Shim. Dvina daryosining sohillarida va deltasidagi orollarda joylashgan. Arxangelsk 1584-y. da bunyod etilgan, 1613-y. dan Arxangelsk deb atalgan. 1898-y. da Arxangelsk bilan Moskva orasida … Читать далее

ARTIST

ARTIST (frans. artiste — bilimdon; lot. ars, artis — kasb, hunar, sanʼat) — dramatik spektakl, kinoda rollar, opera va balet partiyalari, estrada konserti va sirk nomerlari ijrochisi. Teatr va kinoda aktyor, aktrisa deb ham yuritiladi. Keng maʼnoda sanʼatning muayyan sohasidagi ijodkor (sozchi, ashulachi).

ARTEZIAN SUVLARI

ARTEZIAN SUVLARI — bosim taʼsirida boʻlgan yer osti suvlarining bir turi, suv oʻtkazmaydigan qatlamlar oraligʻida hosil boʻladi, ular ochilganda suv burgʻi quduqlardan fontan shaklida otilib chikddi. Artezian suvlari Yevropada birinchi marta Fransiyaning Artua (lot. Artesium) provinsiyasida ochilgani uchun shu nomni olgan. Bunday quduqlar Xitoy va Misrda juda qadimdan maʼlum edi. Oʻrta Osiyoning sugʻoriladigan zonasi Turon … Читать далее

ARRENIUS

ARRENIUS (Arrhenius) Svante Avgust (1859 — 1927) — shved olimi, fizik-kimyoning asoschilaridan biri. Peterburg FA xorijiy muxbir aʼzosi (1903). Elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasini ishlab chiqqan (1887). Asarlari kimyoviy kinetika (Arrenius tenglamasi), shuningdek astronomiya, astrofizika va biol. ga oid. Nobel mukofoti laureati (1903).

AROMATIK BIRIKMALAR

AROMATIK BIRIKMALAR (yun. aroma — xushboʻy, muattar) — molekulasi bir yoki bir necha benzol yadrolaridan tashkil topgan organik birikmalar va ularning hosilalari. Eng oddiy vakillari — benzol (S6N6) va uning hosilalaridir. Benzol yadrosidagi qoʻshbogʻlarning oddiy bogʻlar orqali bogʻlanishidan hosil boʻlgan benzol halqalari tizimi tufayli Aromatik birikmalar aromatik xususiyat kasb etgan va shuning uchun ular alifatik … Читать далее

ARMATURALANGAN OYNA

ARMATURALANGAN OYNA — ichiga metall toʻr (armatura) qoʻyilib tayyorlanadigan listli silikat oyna. Bino va inshootlarning yorugʻlik tushadigan teshiklari hamda ustki yopmalariga qoplashda, yorugʻlik oʻtkazuvchi pardevorlar, zinalarni, lift shaxtalarini toʻsish va b. da ishlatiladi. Armaturalangan oyna uzluksiz prokatlab tayyorlanadi. Zarb yoki yuqori t-ra taʼsirida maydalanib sochilmaydi. Armatura toʻri diametri 0,35 — 0,45 mm li simdan payvandlab … Читать далее

ARKTIKA HAVOSI

ARKTIKA HAVOSI — Arktika ustida shakllanadigan havo massasi. T-rasi past (6° dan — 60° gacha), namligi kam (yiliga 75 — 400 mm yogʻin yogʻadi), shaffofligi yuqori, chunki yozda quyosh pastda boʻlganidan yerni unchalik isitmaydi, bugʻlanish oz boʻlganidan mutlaq namlik kam. Siklon jarayoni taʼsirida ancha quyi kengliklarga ham yoyilib, u yerlarni sovitib yuborishga olib keladi. Arktika … Читать далее

ARISTOTEL

ARISTOTEL (Aristoteles), Arastu (mil. av. 384/383, Stagira – 322/321, Evbeya o., Xalqida) — Yunonistonning buyuk faylasufi. Mil. av. 367-y. da Afinaga borib, Platon akademiyasida tahsil koʻrdi, 20 y. uning ishlarida ishtirok etdi. Mil. av. 343-y. dan eʼtiboran Makedoniya podshohi Filipp taklifi bilan shahzoda Aleksandrta murabbiylik qildi. Mil. av. 335-y. da Afinaga qaytib, oʻzining Likey maktabini … Читать далее