ARTEZIAN SUVLARI

ARTEZIAN SUVLARIbosim taʼsirida boʻlgan yer osti suvlarining bir turi, suv oʻtkazmaydigan qatlamlar oraligʻida hosil boʻladi, ular ochilganda suv burgʻi quduqlardan fontan shaklida otilib chikddi. Artezian suvlari Yevropada birinchi marta Fransiyaning Artua (lot. Artesium) provinsiyasida ochilgani uchun shu nomni olgan. Bunday quduqlar Xitoy va Misrda juda qadimdan maʼlum edi. Oʻrta Osiyoning sugʻoriladigan zonasi Turon payettekisligi artezian havzalari tizimiga kiradi, uning tarkibida Sirdaryo va Amudaryo guruhlariga boʻlinadigan nisbatan kichik bir qancha havzalar bor. Har bir yirik artezian havzasining turli gorizontlaridagi suvlar turli xil kimyoviy tarkibga ega: oʻta minerallashgan xlorid tipli shoʻr suvlardan to kam minerallashgan gidrokarbonat tipidagi suvlargacha uchraydi. Artezian suvlarining birinchi turdagi suvlari, odatda, havzaning juda chuqur qismlarida joylashgan boʻladi, mineral va termal suvlar manbai hisoblanadi; ikkinchisi — yuqori gorizontlarda joylashgan boʻlib, yay-lovlarni suv bilan taʼminlashda (mas, Qizilqum yaylovlari, Qarshi choʻl va h. k.), ichimlik suvi olishda, ekinlarni sugʻorishda foydalaniladi (q. Artezian qudugʻi).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x