ARMATURALANGAN OYNA

ARMATURALANGAN OYNA — ichiga metall toʻr (armatura) qoʻyilib tayyorlanadigan listli silikat oyna. Bino va inshootlarning yorugʻlik tushadigan teshiklari hamda ustki yopmalariga qoplashda, yorugʻlik oʻtkazuvchi pardevorlar, zinalarni, lift shaxtalarini toʻsish va b. da ishlatiladi. Armaturalangan oyna uzluksiz prokatlab tayyorlanadi. Zarb yoki yuqori t-ra taʼsirida maydalanib sochilmaydi. Armatura toʻri diametri 0,35 — 0,45 mm li simdan payvandlab … Читать далее

ARKTIKA HAVOSI

ARKTIKA HAVOSI — Arktika ustida shakllanadigan havo massasi. T-rasi past (6° dan — 60° gacha), namligi kam (yiliga 75 — 400 mm yogʻin yogʻadi), shaffofligi yuqori, chunki yozda quyosh pastda boʻlganidan yerni unchalik isitmaydi, bugʻlanish oz boʻlganidan mutlaq namlik kam. Siklon jarayoni taʼsirida ancha quyi kengliklarga ham yoyilib, u yerlarni sovitib yuborishga olib keladi. Arktika … Читать далее

ARISTOTEL

ARISTOTEL (Aristoteles), Arastu (mil. av. 384/383, Stagira – 322/321, Evbeya o., Xalqida) — Yunonistonning buyuk faylasufi. Mil. av. 367-y. da Afinaga borib, Platon akademiyasida tahsil koʻrdi, 20 y. uning ishlarida ishtirok etdi. Mil. av. 343-y. dan eʼtiboran Makedoniya podshohi Filipp taklifi bilan shahzoda Aleksandrta murabbiylik qildi. Mil. av. 335-y. da Afinaga qaytib, oʻzining Likey maktabini … Читать далее

ARIZACHOʻP

ARIZACHOʻP — uzunchoq, ichi kovak, chiroyli ishlanib, sirti naqshlangan yogʻoch gʻilof. Oʻrta asrlarda Turkiston xonliklaridagi amaldorlar oʻzaro yozgan ariza va iltimosnomalarini Arizachoʻpda choparlar orqali yuborganlar.

ARDENNA OT ZOTI

ARDENNA OT ZOTI — ogʻir yuk tortuvchi ot zoti. Belgiyaning jan. va Fransiyaning shim.-sharqidagi Ardenna togʻligi r-nida (nomi shundan) chiqarilgan. Ardenna ot zotining tirik vazni 600 — 700 kg, bal. 148—160 sm, koʻkrak ayla-nasi 190—210 sm, pochasining yoʻgʻonligi 20—23 sm atrofida. Rossiyaga 19-a. ning oʻrtalarida keltirilgan.

ARGILLITLAR

ARGILLITLAR (yun. argillos — gil va lithos — tosh) — gil jinslarning suvda boʻkmaydigan, toshqotgan, qattiq guruhi. Argillitlar gil va gilsimon choʻkindilarning zichlanishi, suvsizlanishi (degidratatsiya) va sementlanishi natijasida hosil boʻladi. Argillitlar burmalangan oʻlkalarda hamda platforma oblastining qad. yotqiziqlarida uchraydi.

ARAXNOZLAR

ARAXNOZLAR (yun. arachne — oʻrgimchak) — hayvonlarda parazit va zaharli oʻrgimchaksimonlar (kanalar) qoʻzgʻatadigan yuqumli kasalliklar. Demodekozlar, sarkoptoz, psoroptoz, xorioptoz, notoedroz, ototsentoz va b. kasalliklar chorvachilikka katta zarar keltiradi. Hayvonlar A. ini veterinariya araxnologiyasi oʻrganadi.