ARKTIKA HAVOSI

ARKTIKA HAVOSIArktika ustida shakllanadigan havo massasi. T-rasi past (6° dan — 60° gacha), namligi kam (yiliga 75 — 400 mm yogʻin yogʻadi), shaffofligi yuqori, chunki yozda quyosh pastda boʻlganidan yerni unchalik isitmaydi, bugʻlanish oz boʻlganidan mutlaq namlik kam. Siklon jarayoni taʼsirida ancha quyi kengliklarga ham yoyilib, u yerlarni sovitib yuborishga olib keladi. Arktika havosi harakatlanib, Oʻrta dengizga, Oʻrta Osiyo va Sibir tekisliklariga ham yetishi mumkin, lekin uni togʻ tizmalari (Alp, Kavkaz toglari va b.) tutib qoladi. Arktika havosi quyi kengliklarda harakatlanganda undan pastdagi sirtning qandayligiga qarab xossalari oʻzgarib turadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x