AGAMALAR

AGAMALAR (Agama) — agamasimonlar oilasiga mansub kaltakesaklar urugʻi. Tanasi yassi, boshi uchburchak shaklda, dumi silindrsimon yoki ikki yondan bir oz siqilgan. Tanasi xilma-xil rangda, ayniqsa erkaklari rang-barang boʻladi. Agamalarning 70 ga yaqin turi maʼlum. Afrika, Jan.-Gʻarbiy va Markaziy Osiyoning ochiq dasht, choʻl va toshloq togʻli hududlarida tarqalgan. Ayrim turlari Jan.-Sharqiy Yevropada ham uchraydi. Oʻzbekistonning daryo … Читать далее

VODOROD YODID

VODOROD YODID, HJ — vodorod bilan yod birikmasi: rangsiz, havoda tinmay tutaydigan boʻgʻuvchi gaz; qaynash t-rasi —35,4°, suyuqlanish t-rasi — 50,9°, zichligi 2,86 g/sm3, yuqori t-rada parchalanib, vodorod bilan yodga ajraladi. Suvdagi eritmasi yodid kislota deyiladi. U juda kuchli kislota va qaytaruvchidir; havoda oson oksidlanib, yod ajratib chiqaradi. Sanoatda 500° da vodorodni katalizator (platina) ishtirokida … Читать далее

BENIN

BENIN (Benin). Benin Respublika s i (Republique du Benin) (1975-y. gacha Dagomeya) — Gʻarbiy Afrikadagi davlat. Atlantika okeanining Gvineya qoʻltigʻi sohilida joylashgan. Maʼmuriy jihatdan 6 viloyatga boʻlinadi. Mayd. 112,6 ming km2. Aholisi 5,5 mln. kishi (1996). Poytaxti PortoNovo sh. (prezident va hukumat qarorgohi Kotonu sh. da). Davlat tuzumi. Benin — respublika. Amaldagi konstitutsiya 1990-y. da … Читать далее

GEMOSPORIDIOZLAR

GEMOSPORIDIOZLAR — uy hayvonlarining qizil qon tanachalarida va retikuloendotelial sistema hujayralarida parazitlik qiluvchi bir hujayrali gemposporidiylar qoʻzgʻatadigan kasallik. G. bilan hamma hayvonlar kasallanishi mumkin. Asosan, kanalar orqali yuqadi. Gemosporidiylar qizil qon tanachalari (eritrotsitlar)da koʻpayib qonni buzadi. Kasal hayvonlar harorati koʻtariladi, mahsuldorligi pasayadi, ichi buziladi. qoni kamayadi, qon aralash siyadi, koʻpchilik hollarda oʻladi. Davosi: G. bilan … Читать далее

AVTOSHTURMAN

AVTOSHTURMAN — mustaqil aeronavigatsiya qurilmasi. Avtoshturman samolyot yoʻlini xaritaga chizib boradi. Samolyotning uchish yoʻnalishini maxsus tizimli distansion kompas koʻrsatib turadi. Samolyotning havoga nisbatan tezligi haqiqiy havo koʻrsatkichidan qayd qiluvchi moslamaga uzatiladi. Shamolning yoʻnalishi va tezligiga oid tuzatma kiritilsa, Avtoshturman samolyotning yoʻlini yerga nisbatan, tuzatma kiritilmasa, havoga nisbatan qayd qilib boradi yoki koʻrsatadi.

VODEVIL

VODEVIL (frans. Vaudeville) – 1) naqarotli qoʻshiq (kuplet) va musiqa joʻrligida ijro etiladigan yengil hajviy pyesa (komediya). Odatda, latifasimon mazmunga asoslanadi, baʼzan raqs b-n ijro etiladi. Vodevil 18-a. ning oxiridan boshlab Fransiya professional teatrining ommabop janri boʻlib qolgan, 19-a. da butun Yevropaga tarqalgan. Keyinchalik Vodevil oʻrnini operetta, varyete, myuzikxoll va b. janrlar egallagan; 2) hajviy … Читать далее

BANORAS

BANORAS (Hindistondagi Banoras shahri nomidan) — tanda ipi shoyi, nimshoyi, arqogʻi ipdan toʻqiladigan pishiq mato, toʻqilishi beqasamga oʻxshash. Beqasamdan faqat gullari bilan farq qiladi. Banoras, asosan, kumush rang oq tusli boʻlib, uni zoʻrgʻa koʻrinadigan qoramtir yoʻllar kesib oʻtadi. Banorasning asl vatani Hindiston, Buxoro, Qoʻqon, Samarqand, Namanganda ham qadimdan toʻqiladi. Namangan B. larining kumush rang oq … Читать далее

GEMIPLEGIYA

GEMIPLEGIYA (gemi… va yun. Piegin — shikastlanish) — gavda oʻng yoki chap yarmining toʻliq falajlanishi. Koʻpincha gipertoniya, ateroskleroz, revmatizm, qand kasalliklarida miyaga qon quyilishi yoki miya qon tomirlarining berkilib qolishi sabab boʻladi. Gemiplegiya miya oʻsmasi, yalliglanishi va jarohatlanishining alomati boʻlishi ham mumkin. Gemiplegiyaga sabab boʻlgan kasallik davolanadi, doridarmomdan tashqari falajlangan oyoq-qoʻl uqalanadi, shifobaxsh fizkultura buyuriladi … Читать далее

VLADIMIR

VLADIMIR — RF dagi shahar, Vladimir viloyatining markazi. Klyazma daryosining chap sohilida. T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 356 ming kishidan ziyod (1999). Shahar sanoatida mashinasozlik («Vladimir traktor z-di», «Avtopribor», «Elektropribor», elektr motori va boshqa i. ch. birlashmalari) yetakchi oʻrinda. Kimyo sanoati rivojlangan (sintetik smola, plastmassa va plastmassa buyumlari). Qurilish materiallari, tikuvchilik va trikotaj … Читать далее