AGAMALAR

AGAMALAR (Agama) — agamasimonlar oilasiga mansub kaltakesaklar urugʻi. Tanasi yassi, boshi uchburchak shaklda, dumi silindrsimon yoki ikki yondan bir oz siqilgan. Tanasi xilma-xil rangda, ayniqsa erkaklari rang-barang boʻladi. Agamalarning 70 ga yaqin turi maʼlum. Afrika, Jan.-Gʻarbiy va Markaziy Osiyoning ochiq dasht, choʻl va toshloq togʻli hududlarida tarqalgan. Ayrim turlari Jan.-Sharqiy Yevropada ham uchraydi. Oʻzbekistonning daryo vodiylari va choʻllarida choʻl agamasi, yaʼni kunqargʻar (Agama sangyinalenta), togʻli hududlarida Turkiston agamasi, yaʼni toshkaltakesak (Agama lohmanni), Kavkaz agamasi (Agama caucasia), Himolay agamasi (Agama nimalayana), Pavlovskiy agamasi (Agama pawlowskii) tarqalgan. A. har xil hasharotlar, oʻrgimchaksimonlar, koʻpoyoqlilar va mayda kaltakesaklar, shuningdek yashil oʻsimliklarning guli, barglari va mevasi bilan oziqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x