VODOROD YODID

VODOROD YODID, HJ — vodorod bilan yod birikmasi: rangsiz, havoda tinmay tutaydigan boʻgʻuvchi gaz; qaynash t-rasi —35,4°, suyuqlanish t-rasi — 50,9°, zichligi 2,86 g/sm3, yuqori t-rada parchalanib, vodorod bilan yodga ajraladi. Suvdagi eritmasi yodid kislota deyiladi. U juda kuchli kislota va qaytaruvchidir; havoda oson oksidlanib, yod ajratib chiqaradi. Sanoatda 500° da vodorodni katalizator (platina) ishtirokida yod b-n biriktirib, lab. da esa fosfor yodidni gidrolizlab olinadi. Vodorod yodid yodidlar tayyorlashda, organik sintezda qaytaruvchi sifatida qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x