VLADIMIR

VLADIMIR — RF dagi shahar, Vladimir viloyatining markazi. Klyazma daryosining chap sohilida. T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 356 ming kishidan ziyod (1999). Shahar sanoatida mashinasozlik («Vladimir traktor z-di», «Avtopribor», «Elektropribor», elektr motori va boshqa i. ch. birlashmalari) yetakchi oʻrinda. Kimyo sanoati rivojlangan (sintetik smola, plastmassa va plastmassa buyumlari). Qurilish materiallari, tikuvchilik va trikotaj buyumlari, oziq-ovqat sanoati korxonalari, issiqlik elektr markazi bor. V. 1108-y. da knyaz Vladimir Vsevolodovich Monomax tomonidan Rostov-Suzdal knyazligini ximoya qiluvchi qalʼa sifatida barpo etilgan. Vladimirda «Oltin darvoza» (1158 — 64), Uspeniye (1158—60) va Dmitriyev (1194—97) soborlari saqlangan. Politexnika va ped. in-tlari, 11 maxsus oʻrta oʻquv yurti, 2 teatr, Vladimir-Suzdal tarixiy meʼmoriy va badiiy muzeyqoʻriqxona bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x