BANORAS

BANORAS (Hindistondagi Banoras shahri nomidan) — tanda ipi shoyi, nimshoyi, arqogʻi ipdan toʻqiladigan pishiq mato, toʻqilishi beqasamga oʻxshash. Beqasamdan faqat gullari bilan farq qiladi. Banoras, asosan, kumush rang oq tusli boʻlib, uni zoʻrgʻa koʻrinadigan qoramtir yoʻllar kesib oʻtadi.

Banorasning asl vatani Hindiston, Buxoro, Qoʻqon, Samarqand, Namanganda ham qadimdan toʻqiladi. Namangan B. larining kumush rang oq tusdan tashqari och pushti, sariq, yashil tuslilari boʻlib, ular ham gʻoyat koʻrkam. Banorasdan toʻn, nimcha, kamzul kabi milliy kiyimlar tikiladi. Namangan shoyi toʻqish f-kasida ham Banoras ishlab chiqariladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x