BIR YUZ SAKKIZ-F

BIR YUZ SAKKIZ-F (108-F) oʻrta tolali gʻoʻza navi. Oʻzbekiston Paxtachilik i. t. in-tining Fargona tajriba st-yasida Kuk va 36M2 navlarini tabiiy duragaylash usuli bilan yaratilgan (L. V. Rumshevich, 1940). Uzbekistan, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmenistan, Qozogʻistonda r-nlashtirilgan (1947) va hozir ham katta maydonlarda ekiladi. Chet mamlakatlarda ham keng tarqalgan (Suriya, Xitoy, Eron, Afgoniston va b.). Tupi ixcham, … Читать далее

GIDROLOKATOR

GIDROLOKATOR (gidro… va lot. loco — joylashtiraman) — suv ostidagi obyektlarning vaziyatini tovush signallari yordamida aniqlaydigan gidroakustik st-ya (asbob). G. yordamida suv ostidagi obyekt (mas, choʻkkan kema) gacha boʻlgan masofa, qiya uzoqlik boʻyicha suvga botish chuqurligi, vertikal tekislik boʻyicha obyekt tomonga yoʻnalish burchagi aniqlanadi. Gidrolokatorning ishlash tarzi quyidagicha: generator ishlab chiqaradigan elektr kuchlanishlar impulsi «qabul … Читать далее

AYIQOʻT

AYIQOʻT (Tithymalus rapulum) — sutlamadoshlar oilasiga mansub tuganakli koʻp yillik oʻsimlik. Boʻyi 8—25 sm. Poyasi yakka, silindrsimon. Barglari mayda, yassi. Mevasi (koʻsagi)ning uz. 4—5 mm, shakli tuxumsimon. Martda gullab, iyunda meva beradi. Toshkent, Samarqand va Buxoro viloyatlaridagi adir va togʻ zonalarida oʻsadi. Ayiqoʻtning tuganaklarida 5% gacha smola va 0,5—0,6% kauchuk boʻlib, smola tarkibida uchuvchan zaharli … Читать далее

AYE-AYE

AYE-AYE, Madagaskar qoʻloyogʻi (Daubentonia madagascariensis) — qoʻloyoqlilar oilasining yagona turi, lemurlar, yaʼni chala maymunlar kenja turkumiga mansub. Koʻrinishi maymunlarga oʻxshamaydi, 1860-y. da lemurlarga yaqinligi aniqlangan. Tanasining uz. 40 sm, baroqdumi 60 sm. Juni qattiq, qoramtir kulrang yoki qora. Boshi va quloqlari katta, oyoqlari bir xil uzunlikda. Bosh barmogʻi boshqa barmoqlariga qarshi qoʻyilmagan. Faqat keyingi oyoqlaridagi … Читать далее

BIOENERGETIKA

BIOENERGETIKA — molekulyar biologiyaning bir boʻlimi; organizmlarning hayot faoliyati jarayonlarida energiyaning jamgarilishi va sarf etilish qonuniyatlarini hamda energiyaning bir turdan ikkinchi turga aylanishini, biosferadagi energetika jarayonlarini oʻrganadi. Bioenergetika tadkikotlari energiyaning saqlanishi va bir turdan ikkinchi turga aylanish qonunini kashf etgan (1841) nemis vrachi Yu. R. Mayer tomonidan boshlab berildi. Oʻsimlik toʻqimalaridagi asosiy energetik jarayonlar — … Читать далее

GIDROKON

GIDROKON,gidravlik kon — qazilma boyliklar (mas, koʻmir)ni qazish, tashish va yer sirtiga chiqarish ishlari suv oqimi energiyasi hisobiga bajariladigan shaxta. G. da suv manbai shaxtaga okib keladigan yer osti suvlari hisoblanadi. Koʻmir yuqori (5 — 10 Mya/m2) bosimli suv oqimi taʼsirida uvalatiladi yoki oldin mexanik tarzda uvalatilib, keyin suv oqimida yuvib tushiriladi. Suvni konga markazdan … Читать далее

VAN VEY

VAN VEY, Mo-sze (699 yoki 701, Tayyuan — 759 yoki 761, Sian) — xitoy rassomi, shoir. Xitoy monoxrom (bir rangda ishlanadigan) manzara rassomligi asoschisi. Shoyi mato, devorga rasmlar ishlagan, bunda tushning rang tuslari, shaffoflik imkoniyatidan, chizgi chiziqlardan foydalangan. Goʻzal manzaralarida tabiatning koʻtarinki umumlashma obrazlarini yaratgan. Asarlari («Qor ostidagi dars», «Szinanlik Fu Shen», «Qor yogʻganidan soʻng») … Читать далее

BIOTELEMETRIYA

BIOTELEMETRIYA, biologik telemetriya (bio…, tele… va…metriya) — biologik hodisalarni tadqiq etish va biologik koʻrsatkichlarni (mas, kosmonavtlar, sportchilarning tomir urishi, qon bosimi, haroratini) masofadan turib oʻlchash va tekshirish usullari majmui. Biotelemetriya tekshirishlarni olis masofadan turib ham (mas, kosmik uchishlarda) yoki oʻrganiladigan obyektning harakati paytida (mas, sport musobaqalari yoki mehnat faoliyati paytida) oʻtkazish imkonini beradi. Biotelemetriyada oʻrganilayotgan … Читать далее

GIDROGEOLOGIK KESIM

GIDROGEOLOGIK KESIM, gidrogeologik profil — yerning maʼlum qismidagi, maʼlum yoʻnalishidagi suvli gorizontlar va suv oʻtkazmaydigan qatlamlarning vertikal tuzilgan grafik tasviri. Gidrogeologik kesim burga quduqlari qazish natijasida olingan maʼlumotlarga asoslanib tuziladi. Gidrogeologik kesimda yer osti suvlari sathining yer ustiga nisbatan holati, suvli qatlamlardagi suvning harakat yoʻnalishi va qatlamlarni tashkil etgan togʻ jinsining geologik yoshi koʻrsatiladi. Odatda, … Читать далее