AYE-AYE

AYE-AYE, Madagaskar qoʻloyogʻi (Daubentonia madagascariensis) — qoʻloyoqlilar oilasining yagona turi, lemurlar, yaʼni chala maymunlar kenja turkumiga mansub. Koʻrinishi maymunlarga oʻxshamaydi, 1860-y. da lemurlarga yaqinligi aniqlangan. Tanasining uz. 40 sm, baroqdumi 60 sm. Juni qattiq, qoramtir kulrang yoki qora. Boshi va quloqlari katta, oyoqlari bir xil uzunlikda. Bosh barmogʻi boshqa barmoqlariga qarshi qoʻyilmagan. Faqat keyingi oyoqlaridagi bosh barmoqlar tirnogʻi yassi. Madagaskarning shim.-sharqidagi bambuk oʻrmonlari chakalakzorlarida yakka yoki juft boʻlib yashaydi. A.-a. — tungi hayvon, kunduzi baland daraxtlarning uchidagi shoxlar orasida quruq novda va barglardan yasagan uyasida uxlaydi. Hasharotlar, qushlarning tuxumi, bambukning yosh novdalari, shakar qamish va mango mevasi bilan oziqlanadi. Tabiiy yashash muhiti buzilishi tufayli A.-a. ning yoʻqolib ketish xavfi tugʻilgan. Hozir A.-a. uchun Kusi-Mangabe orolida qoʻriqxona tashkil etilgan. A.-a. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro tashkilotning Qizil kitobiga kiritilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x