BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING BOSH ASSAMBLEYASI

BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING BOSH ASSAMBLEYASI — BMT asosiy organlaridan biri, barcha aʼzolarining umumiy yigʻilishi. Butun BMTga tegishli vazifalar hamda vakolatlarning muhim qismini bajaradi. BMT barcha asosiy organlari orasida eng vakolatlisi. Shu organlarni shakllantirishda ishtirok etadi. BMTga aʼzo hamma davlatlar oʻz vakillariga ega boʻlgan yagona organ. Mazkur vakillar kupi bilan 5 delegat va yana shuncha delegat … Читать далее

AKADEMIZM

AKADEMIZM (frans. academisme) — tasviriy sanʼatdagi yoʻnalish. Qad. dunyo va Uygʻonish davri sanʼati shakllari, sanʼatning tashqi koʻrinishlariga taqlid qilishga asoslangan. Akademizm badiiy taʼlimni tartibga solishga, mumtoz anʼanalarni «abadiy» qonunlar tizimi va qoʻllanmalariga aylantirishga imkon yaratdi. Sanʼatda qad. anʼanalarga va yuksak madaniylikka tayanish bu taʼlimotning kuchli tomonlaridan edi. Zamonaviylikni «yuksak» sanʼatga xos boʻlmagan xususiyat deb eʼlon … Читать далее

GIDROTEXNIKA BETONI

GIDROTEXNIKA BETONI — suvga chidamli ogʻir beton; doimo yoki vaqtvaqti bilan suvda yoki suvli muhitda boʻladigan inshootlarni qurishda ishlatiladi. Gidrotexnika betoni suv oʻtkazmasligi, siqilish va kengayishga chidamliligi bilan boshqa tur betonlardan ajralib turadi. Gidrotexnika betoni tayyorlash uchun portlandsement va uning turlaridan foydalaniladi. Toʻldiruvchi sifatida qum, shagal va mayda tosh ishlatiladi. Gidrotexnika betoniga har xil qoʻshimchalar … Читать далее

AYTIMTOV TOGʻI

AYTIMTOV TOGʻI — Markaziy Qizilqumdagi Boʻkantov togʻlarining jan. davomi. Sharqda Koʻkpatos togʻlari, jan. da Mingbuloq botigʻiga tutash. Eng baland nuqtasi 498 m (Chalcharatov choʻqqisi). Aytimtov togʻi jan.-gʻarbdan shim.sharqqa yoʻnalgan. Uz. 30—35 km. Aytimtov togʻi juda serqirra, baʼzan nayzasimon choʻqqilar hosil qilgan. Yon bagʻirlari quruq soylar bilan parchalangan. Togʻ etagidagi keng prolyuvial shleyflar asosan dagʻal jinslar … Читать далее

VARIATSION STATISTIKA

VARIATSION STATISTIKA — matematik statistikaning amaliy tarmogi; statistik tuplam (majmua)larda belgilarning taqsimlanishini oʻrganadi. Statistik toʻplam biron bir jihatdan uxshash juda koʻp obyektlar yoki yalpi hodisalardan tashkil topadi. Variatsion statistika barcha biologik obyektlarga xos boʻlgan oʻzgaruvchanlik koʻp uchraydigan biol., genetika va q. x. ekinlari seleksiyasida keng qoʻllaniladi. Variatsion statistika matematik statistikaning nazariy xulosalariga asoslanadi va asosan … Читать далее

GIDROSLYUDALAR

GIDROSLYUDALAR — qatlam strukturali alyumosilikatlar guruhining slyudasimon minerallari. Tarkibida qoʻshimcha suv va oksoniy (N3O|+) boʻlishi mumkin. Gidroslyudalar turli slyudalartit kaolin, montmorillonit, vermikulit va xloritlarga bosqichli oʻtishidagi oraliq mahsulotidir. Gidroslyudalarning eng koʻp tarqalganlari: gidromuskovit (illit), rektorit, glaukonit, gidrobionit. Qizdirilganda Gidroslyudalarning hajmi ancha kengayadi. Gidroslyudalarning aksariyati granit, pegmatit va b. togʻ jinslardagi slyudali minerallarning nurashi va oʻzgarishidan … Читать далее

VARAQA

VARAQA — ijtimoiy-siyosiy tashviqot vositalaridan biri. Varaqalar dastlab qoʻlda yozilgan, keyinchalik bosma usulidan foydalanib tayyorlangan. Ular muayyan bir maqsadni koʻzlab chiqarilgan. Mac, 2-jahon urushi yillarida fashizmga qarshi targʻibotda Varaqa keng qoʻllangan. Keyingi yillarda Varaqadan saylov oldi tadbirlarida, bozor iqtisodiyoti sharoitida reklama sifatida foydalaniladi. Varaqalar odamlar gavjum joylarda — metro va b. shahar transporti bekatlarida, bozorlarda … Читать далее

AYMEDOVA

AYMEDOVA Maygoʻzal (1941.28.5) — turkman aktrisasi. 1964-y. dan Ashxobod Yosh tomoshabinlar teatrida. 1961-y. dan filmlarda suratga tushgan. Eng yaxshi rollari: Jahon («Toshqalʼadagi hodisa»), Ogʻulkiyik («Kelin»), Ortiqgul («Ayol otni egarlaganda»), Oqjamol («Yoʻq!» deyishni bil»), Jamol («Jamol daraxti») va b.