AYIQOʻT

AYIQOʻT (Tithymalus rapulum) — sutlamadoshlar oilasiga mansub tuganakli koʻp yillik oʻsimlik. Boʻyi 8—25 sm. Poyasi yakka, silindrsimon. Barglari mayda, yassi. Mevasi (koʻsagi)ning uz. 4—5 mm, shakli tuxumsimon. Martda gullab, iyunda meva beradi. Toshkent, Samarqand va Buxoro viloyatlaridagi adir va togʻ zonalarida oʻsadi. Ayiqoʻtning tuganaklarida 5% gacha smola va 0,5—0,6% kauchuk boʻlib, smola tarkibida uchuvchan zaharli modda bor. A. ning quritib maydalangan yer osti qismi (tuganagi) xalq tabobatida sil kasalligini davolashda, shuningdek, surgi sifatida ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x