AKADEMIZM

AKADEMIZM (frans. academisme) — tasviriy sanʼatdagi yoʻnalish. Qad. dunyo va Uygʻonish davri sanʼati shakllari, sanʼatning tashqi koʻrinishlariga taqlid qilishga asoslangan. Akademizm badiiy taʼlimni tartibga solishga, mumtoz anʼanalarni «abadiy» qonunlar tizimi va qoʻllanmalariga aylantirishga imkon yaratdi. Sanʼatda qad. anʼanalarga va yuksak madaniylikka tayanish bu taʼlimotning kuchli tomonlaridan edi. Zamonaviylikni «yuksak» sanʼatga xos boʻlmagan xususiyat deb eʼlon qilib, unga zamonaviy va milliy boʻlmagan goʻzallik normalari, ideallashtirilgan obrazlar, hayotdan uzoq mavzularni qarshi qoʻydi. Rasmiy yoʻnalish sifatida oʻzining estetikasini milliy realistik sanʼatga qarshi qaratadi. Dastlab Bolonya akademiyasi (Italiya) da paydo boʻlgan (16 – a.) bu yoʻnalish keyinchalik Yevropa mamlakatlariga keng yoyildi. 19 – a. da Akademizm (Italiyada A. Kanova, Fransiyada D. Engr va b.) klassitsizm anʼanalariga tayanib romantiklar, realistlar va naturalistlarga qarshi kurash olib bordi. Realistlar va oppozitsiya taʼsirida Akademizm inqirozga uchradi, 19 – a. oxiri — 20 – a. da bir qator mamlakatlardagina asosan yangi shaklneoklassitsizm koʻrinishida saqlanib qoldi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x