AYTIMTOV TOGʻI

AYTIMTOV TOGʻI — Markaziy Qizilqumdagi Boʻkantov togʻlarining jan. davomi. Sharqda Koʻkpatos togʻlari, jan. da Mingbuloq botigʻiga tutash. Eng baland nuqtasi 498 m (Chalcharatov choʻqqisi). Aytimtov togʻi jan.-gʻarbdan shim.sharqqa yoʻnalgan. Uz. 30—35 km. Aytimtov togʻi juda serqirra, baʼzan nayzasimon choʻqqilar hosil qilgan. Yon bagʻirlari quruq soylar bilan parchalangan. Togʻ etagidagi keng prolyuvial shleyflar asosan dagʻal jinslar (shagʻal, mayda tosh va yirik qum)dan iborat. Jan.-sharqiy yon bagʻirlaridan Mingbuloq botigʻiga tomon yoʻnalgan quruq soylarda erta bahorda va jala yoqqanda vaqtincha suv oqadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x