GIMENOMITSETLAR

GIMENOMITSETLAR (Hymenomycetales) — bazidiyali zamburugʻlar (q. Bazidiometsetlar) bir necha tartiblarining umumiy nomi. Spora hosil qiladigan qavati (q. Gimeniy) koʻpincha zamburugʻ meva va tanasining sirtida ochiq joylashgan. Gimenomitsetlarning 16000 ga yaqin turi mavjud. Ularning koʻpchiligi yeyiladigan zamburugʻlar, ayrim turlari zaharli. Koʻpchilik Gimenomitsetlar saprofit, baʼzilari, mas, poʻkak zamburugʻlari parazit hayot kechiradi. Пост Навигацияси

BITTEPA

BITTEPA — gʻor shaklida oʻyib ishlangan qabriston (7—8-a. lar). Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidatch adirda joylashgan. Oʻzbekiston sanʼatshunoslik ekspeditsiyasi tomonidan 1979-y. ning yozida qazib oʻrganilgan. Qabrlar birbiridan 4—6 m uzoqlikda boʻlib, yer sathidan 15—20 m balandlikda murabba (2,4×2,4 va 3,3×3,3 m), toʻgʻriburchak (1,8×4,9 m) va xoch shaklida qumtosh ichiga oʻyib ishlangan. Qabrlar ogʻzi katta hajmdagi gʻishtlar … Читать далее

AMIR ul-UMARO

AMIR ul-UMARO (arab. — amirlar amiri, oliy amir) — oʻrta asrlarda Movarounnahrda keng tarqalgan eng yuqori harbiy unvonli amaldor. U oliy bosh qoʻmondon hisoblanib, butun harbiy ishlar uning qoʻlida boʻlgan. Bundan tashqari, Oltin Oʻrda va Chigʻatoy ulusida hukumatning barcha bosh ijro idoralari (devonlar) ham Amir ul-Umaro qoʻlida boʻlgan. Lekin Amir Temur va temuriylar zamonida Amir … Читать далее

VATERJAKET PECh

VATERJAKET PECh (ing. waterjacket, water — suv va jacket — gʻilof) — metall eritish pechi. Devori poʻlat quti — kessondan iborat, quti aylanib yuruvchi suv bilan sovitiladi. Vaterjaket pechning yumaloq va toʻgʻri toʻrtburchak xillari boʻladi. Qoʻrgʻoshin, mis, nikel, qalayi i. ch. da ishlatiladi (q. Shaxta pech). Пост Навигацияси

AKROSOMA

AKROSOMA (yun. akron — choʻqqi va soma — tana) — spermatozoid boshchasi ustidagi gʻilofcha. Zich tanacha shaklida yotadi. Akrosoma urugʻlanish uchun zarur tuzilma. Akrosomada tuxumhujayra qobigʻini yemiradigan gialuronidaza fermenti boʻladi.

GILMOYA

GILMOYA — gil turlaridan biri. Montmorillonitdan iborat. Oʻzbekistonda Gilmoyani gilvata, togʻ yogʻi, koʻk shiram, soz kesak, toshsovun ham deyishadi. Gilmoya asosan dengiz va okean tublarida vulkan kullari va gillarning ishqorli muhitda fizik va kimyoviy oʻzgarishidan hosil boʻladi. Rangi oq, yashil, kulrang, qoʻngʻir va h. k. Sovunga oʻxshash, yumshoq, issiqda tez qurib, toshga aylanadi. Suvda hajmi … Читать далее

AKRI

AKRI — Braziliyaning shim.-gʻarbiy qismidagi shtat. Jurua va Purus daryolari yuqori oqimida. Mayd. 154 ming km2. Aholisi 417 ming kishi (1991). Maʼmuriy markazi — Riu-Branku sh. Shtat yerlari nam tropik oʻrmon bilan qoplangan. Geveya oʻsimligi sharbati, braziliya yongʻogʻi yigʻiladi. Ovchilik bilan shugʻullaniladi.

VASSA

VASSA, toqi — oʻzbek meʼmorligida sinchkor binolarda keng qoʻllaniladigan qurilish materiali. Vassa oqtol gʻoʻlalaridan tayyorlanib, binolar shiftiga qoʻiilgan toʻsin (bolor) lar ustiga zich teriladi. Toʻsinlarining ustiga Vassalar terilgach, ustidan boʻyra yoki bordon yopiladi. Vassalar, baʼzan ohak bilan oqartiriladi yoki rang-barang boʻyoqlar b-n boʻyalib, gullar ishlanadi. Vassajuft imorat — toʻsinlariga Vassalar terib ishlangan bino. Пост Навигацияси

BISSA

BISSA, karetta (Eretmochelus imbrigata) — sudralib yuruvchilar sinfi, toshbaqalar turkumi, dengiz toshbaqalari kenja turkumiga mansub ulkan toshbaqa turi. Ikkita kenja turi maʼlum. Biri — Atlantika okeani va Oʻrta dengizda, ikkyanchisi — Tinch va Hind okeanida yashaydi. Kosasining uz. 80—90 sm. Ustki qalqoni toʻq qoʻngʻir boʻlib, sariq, toʻq qizil yoki qizgʻish xolxol va chiziqcha naqshlari bor. … Читать далее

AKKUMULYATIV RELYEF

AKKUMULYATIV RELYEF — relyef shakllari majmui. Dengiz, daryo, koʻl, muzlik va b. yotqiziqlar, shuningdek vulkan faoliyati (lava, koʻl va h. k.) mahsulotlari toʻplanishi (akkumulyatsiya) natijasida hosil boʻladi. Suv-A. r, muzlik-A. r., eol-A. r., gravitatsi-on Akkumulyativ relyef, vulkanik Akkumulyativ relyef, orogen-A. r. boʻladi.