GIZLAR

GIZLAR (Guise) Fransiyadagi aristokratlar urugʻi, Lotaringiya gersoglari xonadonining yon tarmogʻi. Asosiy vakillari: Fransua Giz (1519 — 63) — Mesni imperator Karl V qoʻshinlaridan mudofaa qilishda (1552), inglizlardan Kaleni olishda (1558) shuxrat qozongan, diniy urushlarning boshlangʻich davrida katoliklar qoʻshini qoʻmondoni; Genrix Giz (1550—88), Fransua Gizning oʻgʻli — Varfolomey tuni (1572) tashkilotchilaridan biri, Genrix III ni agʻdarib, … Читать далее

AKIF

AKIF (Akif) Mexmet (taxallusi; asl ismi Ersoy, Mulla Surat ismi bilan ham tanilgan) (1873 — Istanbul — 1936.27.12) — turk shoiri, publitsist. 1925—35 y. larda Qohirada yashagan, turk adabiyotidan daryo bergan. «Zarralar» (1911), «Sulaymoniya kafedrasida» (1912), «Fotih kafedrasida» (1914), «Xotiralar» (1917), «Asim» (1919), «Soyalar» (1933) asarlarini yaratgan. Ulardagi sheʼrlari asosan aruzda yozilgan boʻlib, liro-epik va … Читать далее

VASILIY

VASILIY 1 Maqduniy (836-886 ga yaqin) — Vizantiya imperatori (867-y. dan). Makedoniya femi (q. Femlar)dagi dehqonlardan. Makedon sulolasi asoschisi. Imperiyaning sharqida arablarga qarshi va Italiyada kurash olib borgan. Diniy tusdagi pavelchilik harakatini bostirgan. Proxiron (pravoslav cherkovi huquqlari haqida qoʻllanma)ni nashr ettirgan. Epanagog (sud uchun qoʻllanma)lar tayyorlash bilan mashgʻul boʻlgan. Пост Навигацияси

BIRODARLASHGAN SHAHARLAR

BIRODARLASHGAN SHAHARLAR — turli davlatlarning doimiy doʻstona aloqalar oʻrnatgan shaharlari. Ular Birodarlashgan shaharlar jahon federatsiyasiga birlashgan. 1963-y. dan boshlab har yili apr. oyining oxirgi yakshanba kuni Jahon Birodarlashgan shaharlar kuni sifatida nishonlanadi. Birodarlashgan shaharlar mahalliy hokimiyat vakillarining delegatsiyalari, mutaxassislar, badiiy havaskorlik va sport jamoalari koʻrgazmalar, sayyohlar almashish va b. tadbirlarda faol ishtirok etadilar. Birodarlashgan shaharlar … Читать далее

AKVARIDLAR

AKVARIDLAR — radiantlarn Dale yulduz turkumida joylashgan meteor oqimlari. Eng muhimlari: Galley kometasi bilan boglangan l Akvaridlar (har yili apr. oxiri, may boshida koʻrinadi) va 8-Akvaridlar (iyul oxiri, avg. boshida koʻrinadi) (q. Meteor oqimi)

GIDROXORIYA

GIDROXORIYA (gidro… va yun. choreo — tarqalaman) — diasporalar (urugʻ, spora va b.)ning suv orqali tarqalishi. Gidroxoriya tasodifiy yoki doimiy boʻlishi mumkin. Tasodifiy Gidroxoriya diasporalarning suvda oqib borayotgan predmetlar yoki suv oqimi bilan tarqalishidir. Doimiy Gidroxoriya diasporalarning morfologik tuzilishi va biologik xususiyatlari (suvda ivimaslik, oʻzida havo saklovchi parenxima yoki havoli boʻshliklar boʻlishi) bilan bogʻliq. Doimiy … Читать далее

AKASHAK

AKASHAK, kontraktura — boʻgʻim harakatining vaqtincha yoki butunlay cheklanishi. Bunda muskul protoplazmasi kolloidi xususiyatlarining oʻzgarishi natijasida muskul uzoq vaqt qisqarib qoladi. Akashakga koʻpincha kuyish, jarohatlanish, yalligʻlanishdan soʻng paydo boʻlgan chandiqlarning tortishishi yoki gips bogʻlam qoʻyilishi tufayli boʻgʻimning uzoq vaqt qimirlamasligi, shuningdek markaziy yoki periferik nerv sistemasiinng shikastlanishi va b. sabab boʻladi. Davosi: shifobaxsh gimnastika, fizioterapiya, … Читать далее

VARRAK

VARRAK — shamolda uchiriladigan oʻyinchoq. Sirtiga shamol bosimi taʼsir etishi natijasida havoga koʻtariladi. Asosiy qismlari: qamishlarga tarang tortilgan mato yoki xitoy qogʻoz (aerodinamik sirt), chillakka (gʻaltakka) oʻralgan ip, Varrakni ipga ulaydigan nizomlar, Varrakni osmonda muallaq tutib turadigan shokildalar yoki dum. V. lar turli shakllarda yasaladi. Shakliga koʻra, Varrak besh qamishli (oddiy), ikki qamishli (laylaki), sirtlarining … Читать далее

BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING BOSH ASSAMBLEYASI

BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING BOSH ASSAMBLEYASI — BMT asosiy organlaridan biri, barcha aʼzolarining umumiy yigʻilishi. Butun BMTga tegishli vazifalar hamda vakolatlarning muhim qismini bajaradi. BMT barcha asosiy organlari orasida eng vakolatlisi. Shu organlarni shakllantirishda ishtirok etadi. BMTga aʼzo hamma davlatlar oʻz vakillariga ega boʻlgan yagona organ. Mazkur vakillar kupi bilan 5 delegat va yana shuncha delegat … Читать далее

AKADEMIZM

AKADEMIZM (frans. academisme) — tasviriy sanʼatdagi yoʻnalish. Qad. dunyo va Uygʻonish davri sanʼati shakllari, sanʼatning tashqi koʻrinishlariga taqlid qilishga asoslangan. Akademizm badiiy taʼlimni tartibga solishga, mumtoz anʼanalarni «abadiy» qonunlar tizimi va qoʻllanmalariga aylantirishga imkon yaratdi. Sanʼatda qad. anʼanalarga va yuksak madaniylikka tayanish bu taʼlimotning kuchli tomonlaridan edi. Zamonaviylikni «yuksak» sanʼatga xos boʻlmagan xususiyat deb eʼlon … Читать далее