AMPERMETR

AMPERMETR (amper va… metr) — oʻzgarmas va oʻzgaruvchan tok kuchini oʻlchaydigan asbob; elektr zanjiriga ketma-ket ulanadi. Shkalasi asbobning oʻlchash chegarasiga muvofiq mikroamperlarda, milliamperlarda, kiloamperlarda darajalarga boʻlinadi. Oʻlchash chegarasini oshirish uchun shuntlab yoki transformator orqali ulanadi (rasmga q.). Tok taʼsirida asbob mili buriladi; milning burilish burchagi tok kuchiga mutanosib boʻladi. Ishlash tarziga qarab, Ampermetrlar magnitoelektrik, elektromagnit, … Читать далее

BLASTOMERLAR

BLASTOMERLAR (blasto… va yun. meros — boʻlak) — koʻp xujayrali hayvonlarda urugʻlangan tuxum hujayralarning boʻlinib, maydalanish jarayonida hosil boʻladigan hujayralar. Boʻlinish davrlari oraligʻida Blastomerlar oʻsmaganligi sababli har bir boʻlinishdan soʻng ular ikki marta kichrayadi. Teloletsital (sitoplazmasida sariq moddasi notekis tarqalgan) tuxum hujayralar maydalanganida katta Blastomerlar — makromerlar va kichik Blastomerlar — mikromerlar hosil boʻladi. Gomoletsital … Читать далее

VAQT BYUDJETI

VAQT BYUDJETI, aholining vaqt byudjeti — ayrim xodimlar va ular oilasi hamda muayyan aholi guruhlarining oʻz vaqtini nimalarga (mas., mehnat qilish, dam olish, oʻqish va b.) sarflashini ifodalovchi koʻrsatkichlar majmui. Vaqt byudjeti 2 ga boʻlinadi: 1) ish vaqgi (haqiqiy ish vaqti, unumsiz xatti-harakatlar, ishdagi belgilangan tanaffuslar, smena qabul qilish hamda topshirishga ketgan vaqt va h. … Читать далее

AMORIYLAR

AMORIYLAR, amurru — Qad. Arabistondan chiqqan somiy qabilalar. Mil. av. 24—16-a. larda Suriya dashtlarida yashagan. Amoriylar mil. av. 2024-y. elamiylar b-n birgalikda Oʻrning III sulolasi davlatini tor-mor keltirib, mil. av. 1894-y. Bobilni bosib olib tarixda muhim oʻrin tutgan podsholikka asos solgan. Keyinchalik Ikki daryo oraligʻi, Suriya, Falastinning mahalliy aholisi bilan aralashib ketgan. Mil. av. 1-ming … Читать далее

GINOGENEZ

GINOGENEZ (yun. gyne — ayol va …genez) — organizmlar koʻpayishining bir xil i. G. da tuxum hujayrasiga kirgan spermatozoid uning rivojlanishini stimullaydi, lekin yadrosi bilan qoʻshilmaydi va embrionning bundam keyingi rivojlanishida ishtirok etmaydi. Ginogenez soxta urugʻlanish — psevdogamiyadan iborat. Shuning uchun Ginogenezga baʼzan partenogenez shakllaridan biri sifatida qaraladi. Tabiiy Ginogenez ayrim nematodalar, suyakli baliqlar, suvda … Читать далее

BIYA

BIYA, baytal — voyaga yetgan urgʻochi ot. Aygʻirdan alohida saqlanadi. Biya 3 yoshidan (gʻunanlik davridan) to 20— 25, baʼzan undan ham katta yoshgacha qochiriladi. Boʻgʻozlik davri oʻrtacha 11 oy. Biyadan sogʻlom qulun olish uchun butun boʻgʻozlik davrida qaltis harakatlardan, shamollashdan ehtiyot qilinadi, ogʻir yuk tashishda ishlatilmaydi, toliqishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Qulunini 6 — 9 oy emizadi. … Читать далее

AMMONIY SULFAT

AMMONIY SULFAT (NH4) 2SO4 — rangsiz kristall modda. Suvda yaxshi eriydi. 20° da 43,0% li eritma hosil qiladi. Ammoniy sulfatning ammiakli suvda eruvchanligi yuqori boʻlganligi sababli undan q. x. da suyuq azotli oʻgʻit sifatida keng foydalaniladi.

VAXTANG VI

VAXTANG VI (1675-1737, Astraxon) — Kartli noibi, soʻngra podshosi (1703— 24). Gruzin yozuvchisi, olim va siyosiy arbob. V. VI «Qonunlar toʻplami»(Vaxtang qonunlari) degan toʻplam,davlatni boshqarish uchun koʻrsatmalar va yoʻllanmalar toʻplami (Dasturulamal) tuzgan. 1709-y. da Vaxtang VI tashabbusi bilan Tbilisida 1-gruzin bosmaxonasi tashkil qilingan, Gruziyaning 14—18-a. lardagi tarixini yaratish uchun olimlardan iborat guruh tuzgan. 1724-y. eronliklar … Читать далее

AMITOZ

AMITOZ (yun. a — inkor qoʻshimchasi va mitoz) — yadroning xromosomalar hosil qilmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri boʻlinishi. Amitoz hujayraning boʻlinishi yoki sitoplazma boʻlinmasdan faqat yadroning boʻlinishi, yaʼni ikki va koʻp yadroli hujayraning hosil boʻlishi bilan sodir boʻlishi mumkin. Amitoz odatda ixtisoslashgan, oʻlib ketadigan hujayralar, ayniqsa sut emizuvchilar murtagi pardasi hujayralari uchun xos. Amitozga uchragan hujayralar keyinchalik mitotik … Читать далее