AMIR ul-UMARO

AMIR ul-UMARO (arab. — amirlar amiri, oliy amir) — oʻrta asrlarda Movarounnahrda keng tarqalgan eng yuqori harbiy unvonli amaldor. U oliy bosh qoʻmondon hisoblanib, butun harbiy ishlar uning qoʻlida boʻlgan. Bundan tashqari, Oltin Oʻrda va Chigʻatoy ulusida hukumatning barcha bosh ijro idoralari (devonlar) ham Amir ul-Umaro qoʻlida boʻlgan. Lekin Amir Temur va temuriylar zamonida Amir ul-Umaro faqat bosh qoʻmondonlik, koʻp hollarda podshoh hudaychisi (adyutanti) vazifasini oʻtagan. Davlat ijro idoralari esa viziri aʼzam qoʻlida boʻlgan. Amir ul-Umarolik lavozimi Qoʻqon xonligida amiri lashkar, beklar begi, Turkiya va Ozarbayjonda 17—19-a. larda beklar begi deb atalgan. Xiva xonlari arxividan maʼlum boʻlishicha, saroyda unga xizmat qiluvchi maxsus xodimlar, chunonchi 35 farrosh, 80 xizmatkor, 4 sayis va 6 darvozabon boʻlgan. Saroy lavozimlari ichida Amir ul-Umaro Xiva xonligida naqibdan keyin kelgan va uning maoshi 500 tillani tashkil qilgan. Bundan tashqari bir necha viloyatning daromadlari Amir ul-Umaro ixtiyoriga berilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x