AMITOZ

AMITOZ (yun. a — inkor qoʻshimchasi va mitoz) — yadroning xromosomalar hosil qilmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri boʻlinishi. Amitoz hujayraning boʻlinishi yoki sitoplazma boʻlinmasdan faqat yadroning boʻlinishi, yaʼni ikki va koʻp yadroli hujayraning hosil boʻlishi bilan sodir boʻlishi mumkin. Amitoz odatda ixtisoslashgan, oʻlib ketadigan hujayralar, ayniqsa sut emizuvchilar murtagi pardasi hujayralari uchun xos. Amitozga uchragan hujayralar keyinchalik mitotik usulda koʻpayish qobiliyatini yoʻqotadi. Keyingi tadqiqotlar Amitozni yadroning eng sodda boʻlinish shakli sifatida ilgari mavjud boʻlgan fikrlarni tasdiqlamadi. Infuzoriyalar vegetativ yadrosi (makronukleus)ning toʻgʻridan-toʻgʻri boʻlinishi sirtdan Karaganda Amitozga oʻxshab ketsa ham, aslida mitozning shakl oʻzgarishi tufayli paydo boʻlgan yangi tipdagi boʻlinish hisoblanadi.

1 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x