AMORIYLAR

AMORIYLAR, amurru — Qad. Arabistondan chiqqan somiy qabilalar. Mil. av. 24—16-a. larda Suriya dashtlarida yashagan. Amoriylar mil. av. 2024-y. elamiylar b-n birgalikda Oʻrning III sulolasi davlatini tor-mor keltirib, mil. av. 1894-y. Bobilni bosib olib tarixda muhim oʻrin tutgan podsholikka asos solgan. Keyinchalik Ikki daryo oraligʻi, Suriya, Falastinning mahalliy aholisi bilan aralashib ketgan. Mil. av. 1-ming yillikdan Amoriylar yerlari Suriya deb atala boshlagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x