YORMAT MAXSUM

YORMAT MAXSUM (taxm. 1882 — 1929) — Fargʻona vodiysida mustabid sovet rejimi va bosqinchi qizil armiyaga qarshi kurashgan istiqlolchilarning soʻnggi bosh qoʻmondoni (1923—29). Ulamo oilasida tugʻilib, yoshligida mukammal diniy tarbiya olgan. Yormat maxsum 1920-y. dan boshlab qizil armiyaga qarshi janglarda qatnashib, mohir qoʻrboshi sifatida nom chiqardi. KoʻproqOʻsh uyezdida Olay vohasida harakat qilgan. 1923-y. 17-iyulda Oltiariqdagi Shunkmozor qishlogʻida boʻlgan Fargʻona vodiysi qoʻrboshilarining qurultoyida u Fargʻona istiqlolchilarining bosh qoʻmondoni etib saylandi. Unga amir lashkarboshi unvoni berildi. Ahmad polvon, Qoraboy, Umar Ali, Mama Roʻzi kabi qoʻrboshilar va ukasi Hoji ponsod uning eng yaqin yordamchilari edi. Yormat maxsum murakkab bir davrda istiklolchilarga rahbarlik qildi. 1923-y. avg. da Soʻx qishlogʻida boʻlgan qurultoydan keyin u oʻz harbiy kuchlarini 2 qismga ajratib, birini Soʻxda qoldiradi, ikkinchi qismini esa Olay vohasiga joʻnatadi. Yormat maxsum 1924-y. da boʻlgan janglarda asosiy kuchlardan ajralsa ham, u 1925—29 y. larda Margʻilon, Qoʻqon, Soʻx tomonlarda kurashni davom ettirdi. Bu paytda uning ixtiyorida 2000 yigit va 10 ta qoʻrboshi boʻlgan. 20y. larning oxirida uning asosiy qarorgohi Soʻx yaqinidagi Haydarkon qishlogʻi (hoz. Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyati hududida) edi. 1929-y. Haydarkonda boʻlgan janglarning birida Yormat maxsum mardlarcha halok boʻldi.

Ad.: Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2-kitob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Oʻzbekiston tarixi (1917 — 1991), T., 2000.

Qahramon Rajabov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x