YELBOʻGʻOZ

YELBOʻGʻOZ, tuxum istisqosi (Mola hydatidosa) — trofoblastik kasallik; xavfsiz oʻsma deb ham yuritiladi, chunki baʼzan ayrim bemorlarda Yelboʻgʻoz metastazi kuzatiladi. Yelboʻgʻoz oʻsishi homila tuxumining ilk muddatlarida sodir boʻlib, bunda xorion vorsinkalari uzum shingiliga oʻxshash pufakchalar toʻplamiga aylanadi. Homila tuxumi butunlay Yelboʻgʻoz pufakchalariga aylanishi yoki ayrim hollarda embrion saqlanib, platsenta Ye. ga aylanishi kuzatiladi. Baʼzan Yelboʻgʻoz … Читать далее

KATATONIYA

KATATONIYA (yun. katatonos — tarang) , katatonik sindrom — kishi ruhiyatining buzilishi, Katatoniyaning 2 shakli farq qilinadi: muskullar taranglashib, qotib qolish (katatonik karaxtlik, stupor) hamda harakat va nutq qoʻzgʻaluvchanligi qolati (bunda bemor ashula aytadi, raqsga tushadi, oʻzini har xil alfozga soladi, goh shodlanadi, goh vahimaga tushadi va h. k.). K. shizofreniya va psixoz sindromi boʻlib, … Читать далее

KLOSTRIDIOZLAR

KLOSTRIDIOZLAR — qoʻylarda uchraydigan oʻtkir toksik infeksion kasallik. Clostridium turkumiga mansub bakteriyalar qoʻzgʻatadi. Infeksion enterotoksemiya, bradzot, nekrotik gepatit, qoʻzilarning anaerob dizenteriyasi koʻp tarqalgan. Infeksiya qoʻzgʻatuvchisi manbai — kasal hayvon. Koʻzgʻatuvchisi uzoq vaqt tuprokda saqlanib, doimiy yuqish xatarini keltirib chiqaradi. Kasallik alimentar yoʻl bilan yuqadi. Kasallangan qoʻylarda markaziy nerv sistemasi zararlanishi kuzatiladi. Oʻlgan hayvon tezda iriydi. … Читать далее

KERATIT

KERATIT (yun. keras, keratos — muguz, itis — yalligʻlanish) — koʻz muguz (shox) pardasining yalligʻlanishi. Viruslar (gerpetik Keratit), baʼzan boshqa mikroorganizmlar qoʻzgʻatadi. Muguz pardaga infeksiya kirishi, yot jismlar tushib shikastlanishi (tirnalish va h. k.), gripp, sil, difteriya kabi infeksion kasalliklar, shuningdek, organizmda vitamin A yetishmasligi ham Keratitga sabab boʻlishi mumkin. Tashqi taʼsirotlar keltirib chiqaradigan (ekzogen) … Читать далее

LEYSHMANIOZ

LEYSHMANIOZ — odam va xayvonlarda uchraydigan kasallik. Koʻproq tropik va subtropik iqlimli mintakalarda qayd etiladi. Leyshmaniyalar qoʻzgʻatadi va iskabtoparlar orqali yuqadi. Infeksiya manbai kemiruvchilar hisoblanadi. Teri leyshmaniozi (q. Yomon jarohat) va ichki aʼzolar visseral leyshmaniozi farq qilinadi. Visseral leyshmanioz «kalaazar» deb ham yuritiladi. Kasallikning bu turi bilan koʻproq bolalar kasallanadi (birinchi boʻlib kasallik qoʻzgʻatuvchisini topgan … Читать далее

QULOQ KASALLIKLARI

QULOQ KASALLIKLARI — quloq ning tugʻma nuqsonlari, shikastlanishi va kasalliklari. Tugʻma nuqsonlariga: tashqi eshituv yoʻlining bitib ketishi (atreziyalar), quloq suprasining yaxshi rivojlanmaganligi (mikrotiya), yaʼni kemtik boʻlishi (xalqda chinoq deyiladi) yo butunlay boʻlmasligi (anotiya); oʻrta quloqda, asosan, nogʻora boʻshligʻidagi suyak toʻqimasining oʻsib ketishi, eshituv suyakchalari boʻlmasligi yoki ularning oʻzaro birikib ketishi; ichki quloqda korti organining yoʻqligi … Читать далее

LARINGOTRAXEIT

LARINGOTRAXEIT — xiqildoq va kekirdak shilliq qavatining bir vaqtda oʻtkir yoki surunkali yalligʻlanishi. Kasallikka virusli infeksiya sabab boʻladi. Laringotraxeitda qattiq yoʻtal tutadi va koʻp miqdorda balgʻam ajraladi. Davosi: boʻyin atrofiga issiq, toʻsh sohasiga gorchichnik, ishqorli suyuqlik, ingalyatsiya, vrach koʻrsatmasi boʻyicha dori-darmon buyuriladi. Пост Навигацияси

INTERFERON

INTERFERON (lot. inter — oʻzaro va ferio — uraman, shikastlayman) — viruslar yoki sintetik polinukleotidlar (q. Nukleotidlar), toksinlar, antimetabolitlar va b. kirishiga javoban hujayrada hosil boʻladigan oqsillar guruhining umumiy nomi. Interferon oʻtkir virusli infeksiyadan organizmning asosiy himoya vositasi hisoblanadi. Suvda eriydigan oqsillarga mansub, mol. m. 30000—160000. Retikulo-endotelial sistema hujayralarida va limfotsitlardz. hosil boʻladi. Interferon virusga … Читать далее

QIZIL YASSI TEMIRATKI

QIZIL YASSI TEMIRATKI — terining surunkali kasalligi; bunda bilak, bilakkaft usti, boldir panja boʻgʻimi sohalariga, kamdankam shilliq qavatlarga mayda yaltiroq och pushtiqizgʻish tugunchalar toshadi, ular qattiq qichishadi. Qizil yassi temiratkini (1869 yil) aniqlab, unda uchraydigan birlamchi elementni batafsil ifodalagan. Kasallikning kelib chiqishi toʻliq aniqlangan emas, ilmiy adabiyotlarda uning kelib chiqishida turli nazariyalar (virusli yoki infeksion, … Читать далее

LIMFADENIT

LIMFADENIT (limfa va yun. aden — bez) — limfa tugunlarining yalligʻlanishi. Limfa tugunlariga yalliglanish paydo qiluvchi mikroblar va ularning zahari tushganda shular asorati, yaʼni ikkilamchi kasallik sifatida roʻy beradi. Kasallikning qoʻzgʻatuvchisiga va yalliglanish xarakteriga koʻra, Limfadenitning nomaxsus (odatdagi yiringli infeksiya) va sil, zaxm va b. yuqumli kasalliklarda kuzatiladigan maxsus xillari, shuningdek, kechishiga qarab oʻtkir va … Читать далее