LEYSHMANIOZ

LEYSHMANIOZodam va xayvonlarda uchraydigan kasallik. Koʻproq tropik va subtropik iqlimli mintakalarda qayd etiladi. Leyshmaniyalar qoʻzgʻatadi va iskabtoparlar orqali yuqadi. Infeksiya manbai kemiruvchilar hisoblanadi. Teri leyshmaniozi (q. Yomon jarohat) va ichki aʼzolar visseral leyshmaniozi farq qilinadi. Visseral leyshmanioz «kalaazar» deb ham yuritiladi. Kasallikning bu turi bilan koʻproq bolalar kasallanadi (birinchi boʻlib kasallik qoʻzgʻatuvchisini topgan ingliz vrachi U. Leyshman nomidan olingan). U surunkali kechadi, ichki aʼzolar jiddiy zararlanadi; dam-badam isitma xuruj qilishi, jigar va taloqning nihoyatda kattalashuvi, anemiya va juda oriklab ketish kasallikka xos alomatlardir. Koʻpincha, oʻlim hollari kuzatiladi. Davolash uchun tarkibida surma bor preparatlar (solyusurmin, stibanol, neostibodan va b.) qoʻllaniladi. Oldini olish iskabtopar va kemiruvchilarni qirishdan iborat. Shaxsiy himoya vositasi — repellentlardan foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x