MIOKARDIT

MIOKARDIT (yun. myos — muskul va kardia — yurak) — yurak muskullari (miokard)nnng yalligʻlanishi, bu, odatda, yurak faoliyati yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin. Miokarditga, koʻpincha, oʻtkir infeksion kasalliklar (difteriya, ich terlama, angina, skarlatina, sepsis, gripp), surunkali infeksiyalar (sil, zaxm) sabab boʻlib, asosida allergik oʻzgarishlar yotadi (q. Allergiya). M. ning oʻtkir, oʻrtacha yoki surunkali, shuningdek, yuqumli allergik … Читать далее

MEXANIK VA FIZIK HIMOYA USULLARI

MEXANIK VA FIZIK HIMOYA USULLARI (oʻsimliklar himoyasida) — zararkunandalar, kasallik qoʻzgʻatuvchilar va begona oʻtlarga qarshi kurashda turli mexanik moslamalar hamda tashki muhitning fizik omillaridan foydalanish. Oʻsimliklar zararkunandalari va kasalliklariga qarshi uygʻunlashtirilgan kurash tizimida muhim usullardan biri. Mexanik himoya usulida zararkunandalarning harakatlanishiga yoki oʻsimliklarning shikastlanishga toʻsqinlik qiluvchi turli xil choratadbirlar (daraxt poʻstlogʻini tozalash, uyalar va oʻsimlik … Читать далее

PROSTATIT

PROSTATIT — prostota bezinnnt yalligʻlanishi. Koʻpincha siydik chiqarish kanali (uretra) yalligʻlanganda, soʻzak, uretrit va b. da infeksiya prostata beziga qon va limfa orqali yoki siydik chiqarish kanalidan oʻtishi na-tijasida kelib chiqadi. Prostatitga sovqotish, koʻp jinsiy aloqa qilish, zax joyda oʻtirish, kam harakat qilish kabi omillar sabab boʻlishi mumkin. Oʻtkir va surunkali boʻladi. Oʻtkir Prostatitda bemor … Читать далее

MANQA

MANQA — odam va hayvonlarda uchraydigan infeksion kasallik. Teri, shilliq pardalar, muskullar va ichki aʼzolarning zararlanishi bilan kechadi. Kasallikni tayoqchasimon bakteriya — Pseudomonas mallei qoʻzgʻatadi. Manqa zoonoz infeksiya boʻlib, aksari bir tuyokli hayvonlar (ot, eshak, xachir, tuya va zebralar)da uchraydi. Kasallik, koʻpincha, odamga Manqa bilan ogʻrigan otlardan yuqadi. Infeksiya qoʻzgʻatuvchisi shikastlangan teri yoki shilliq qavatlar … Читать далее

PERIODONTIT

PERIODONTIT (peri… va yun. odontos — tish) , peritsementit — tish ildizi atrofidagi toʻqimalar (peri-odont) ning yalligʻlanishi. Kelib chiqishiga koʻra, infeksion va noinfeksi-on boʻladi. Infeksion Periodontit koʻp uch-raydi. Infeksiya periodontga turli yoʻllar: ildiz kanali, ildiz milki, chirigan tish (kariyes) orqali tushadi. Noinfeksion Periodontit dori, kimyoviy moddalarning periodont yorigʻiga tushishi, periodontning mexanik shikastlanishi (zarb, qattiq narsalarni … Читать далее

PIYELONEFRIT

PIYELONEFRIT (yun. pyelos — jom va nephros — buyrak) — buyrak va buyrak jomining yalligʻlanishi (piyelit). P. mustaqil ravishda yoki siydik yurishini qiyinlashtiruvchi siydik-tanosil sistemasi kasalliklari (prostata bezi adenomasi, siydik toshi kasalligi va b.) natijasida vujudga kelishi mumkin. Piyelonefrit turli infeksion kasalliklar oqibatida ham paydo boʻladi. Bolalarda koʻpincha gripp, zotiljam va nafas organlarining boshqa kasalliklari … Читать далее

TUGʻRUQ

TUGʻRUQ — homiladorlikni yakunlaydigan murakkab fiziologik jarayon. T. dan homila va yoʻldosh tugʻruq yoʻllaridan oʻtib, ajralib chiqadi. Tugʻruq normal kechganida homila 10 akusher (9 kalendar) oyida tugʻiladi; bu davrda homila yetuk, bachadondan tashqarida yashash qobiliyatiga ega boʻladi. Homilador ayollarning koʻpchiligida Tugʻruqda 2 hafta oldin tugʻruq nishonasi koʻrinadi; bunda bachadon tubi keskin oldinga egiladi, qorin pastga … Читать далее

KOʻZ KASALLIKLARI

KOʻZ KASALLIKLARI — koʻz soqqasi, qovoq, konyunktiva, koʻz yoshi aʼzolari va koʻz kosasi kasalliklari. Yaqindan va uzoqdan koʻrolmaslik, koʻz astigmatizma x. am Koʻz kasalliklariga kiradi. Koʻz kasalliklari tugʻma va hayotda orttirilgan, yuqumli va yuqumsiz, utkir va surunkali, bitta yoki ikkala koʻzda boʻladi. Organizmning umumiy kasalliklari: infeksion (sil, zaxm, revmatizm, gripp, difteriya, tiflar va b.), parazitar … Читать далее

XOLETSISTIT

XOLETSISTIT (yun. chole oʻt va kystis — pufak) — oʻt pufaginyant yalligʻlanishi. Ovqat hazm qilish sistemasining keng tarqalgan kasalliklaridan biri. Koʻproq oʻrta va keksa yoshdagi ayollarda uchraydi. Aksariyat oʻtpgosh kasalligida kuzatiladi. Oʻt pufagi funksiyasining buzilishi (diskineziya), unda tosh paydo boʻlib, oʻt toʻxtab qolishi, ovqatlanish xususiyatiga bogʻliq holda oʻt tarkibining oʻzgarishi, kam harakatlanish, surunkali qabziyat, homiladorlik, … Читать далее

OʻTKIR RESPIRATOR KASALLIKLAR

OʻTKIR RESPIRATOR KASALLIKLAR — viruslar qoʻzgʻatadigan, kelib chiqishi bir-biriga oʻxshash oʻtkir infeksion kasalliklarning umumiy nomi. Nafas yoʻllari (burun, hiqildoq, kekirdak, bronxlar) shilliq pardalari, koʻz shilliq pardasi — konyunktivaga zarar yetishi bilan kechadi. Oʻtkir respirator kasalliklarning qoʻzgʻatuvchilariga adenoviruslar, paragripp viruslari, rinoviruslar va boshqalar kiradi. Oʻtkir respirator kasalliklarning ayrim (sporadik) guruhlari koʻproq kuzatiladi, lekin ular aholining butun … Читать далее