KATATONIYA

KATATONIYA (yun. katatonos — tarang) , katatonik sindrom — kishi ruhiyatining buzilishi, Katatoniyaning 2 shakli farq qilinadi: muskullar taranglashib, qotib qolish (katatonik karaxtlik, stupor) hamda harakat va nutq qoʻzgʻaluvchanligi qolati (bunda bemor ashula aytadi, raqsga tushadi, oʻzini har xil alfozga soladi, goh shodlanadi, goh vahimaga tushadi va h. k.). K. shizofreniya va psixoz sindromi boʻlib, intoksikatsiya, infeksiya yoki bosh miyaning organik zararlanishi natijasida kelib chiqadi. Katatoniyada es-hush saqlansada unda gallyutsinatsiya va alahlash holati kuzatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x