DISPEPSIYA

DISPEPSIYA (dis… va yun. pepsis — hazm) — ovqat hazm qilishning buzilishi, meʼda-ichak foliyatining izdan chiqishi bilan kechadi. Odam ichagining turli boʻlimlarida, mas, ingichka ichakning pastki va yoʻgʻon ichakning yuqori boʻlimida bijgʻituvchi mikroblar, yoʻgʻon ichakning quyi qismida esa chirituvchi mikroblar koʻp. Sogʻlom ichakdagi bijgʻish hamda chirish jarayoni maʼloʻm moʻvozanatda boʻlib, kasal qilmaydi. Ana shu mikroblar … Читать далее

DEZINFEKSIYA STANSIYALARI

DEZINFEKSIYA STANSIYALARI — epidemiyaga qarshi ish olib boradigan sanitariya muassasasi; sanitariya-epidemiologiya st-yasi (SES)ning bir boʻlimi. Dezinfeksiya stansiyalari yuqumli kasallik bilan ogʻrigan bemorlarni maxsus transportda kasalxonaga olib borib yotqizish, ularning uyi, zarur boʻlsa, atrofidagi joylarni dezinfeksiya qilish, infeksiya oʻchogʻidan yoki turli muassasalardan keltirilgan kiyim-kechak, koʻrpa-toʻshak va h. k. ni dezinfeksiya kameralarida yuqumsizlantirish, davolash-profilaktika muassasalarida kundalik dezinfeksiya … Читать далее

DOGʻ

DOGʻ, dogʻ tushishi (oʻsimliklarda) — q. x. ekinlarining barg, poya, meva va b. qismlarida nobud boʻlgan hujayralardan vujudga kelgan dogʻ bilan tavsiflanuvchi kasallik. Nekrozlarnij bir koʻrinishi. Dogʻ tuproqda oziq moddalarning yetishmasligidan, sanoat chiqindi gazlarining havoni ifloslantirishidan, oʻsimliklarning kuyishi, zamburugʻlar (q. Zamburugʻli kasalliklar), bakteriyalar (q. Bakterial kasalliklar), viruslar (q. Virusli kasalliklar) bilan kasallanishi va b. dan … Читать далее

ISKABTOPAR ISITMASI

ISKABTOPAR ISITMASI, pap patichi isitmasi — virus qoʻzgʻa-tadigan oʻtkir infeksion kasallik. Infeksiya iskabtoparlar (fleboto-muslar) chaqishi orqali yuqadi. Virus iskabtoparning 3 nasli mobaynida saklanadi va mavsum sayin ulardan kishilarga oʻtadi. Iskabtopar isitmasi Oʻrta dengiz sohilida, Yaqin Sharqda, Hindiston, Sha-rkiy Afrika, Markaziy va Jan. Amerikada bor. Oʻrta Osiyoda ondasonda uchraydi. Yashirin davri 3—6 kun. T-ra bir necha … Читать далее

KUIISH

KUIISH (qishloq xoʻjaligi ekinlari va daraxtlarda) — quyosh nurining toʻgʻri tushishi (oftob urishi) yoki ob-havoning keskin almashinuvi (issiq urishi, issiqga chalinishi) taʼsirida yuzaga keladigan shikastlanish; oʻsimliklarning zamburugʻlar (mas, mo-nilioz kasalligini paydo etadigan zamburugʻlar)dan hamda pestitsidlarni notoʻgʻri qoʻllashdan kelib chiqadigan za-rarlanishi ham Kuiish deyiladi. Kuiish poʻstloq, poya, novda, barg, gul, ayrim holdarda oʻsimlikning nobud boʻlishiga olib … Читать далее

ZAMBURUGʻLI KASALLIKLAR

ZAMBURUGʻLI KASALLIKLAR, mikoftozlar (oʻsimliklarda) — parazit va yarim parazit zamburugʻlar qoʻzgʻatadigan infeksion kasalliklar. Zamburugʻlar taʼsirida oʻsimliklarda butun organizm yoki uning maʼlum kismi tuzilishi va fiziologik funksiyasining buzilishiga sabab boʻluvchi kasallik (patologiya) jarayoni vujudga keladi. Boshqa oʻsimlik kasalliklariga nisbatan koʻp tarqalgan va zararli; ular oʻsimlik hosilini va mahsulot sifatini pasaytiradi, mevali va rezavor oʻsimliklarning hosil berish … Читать далее

ZOTILJAM

ZOTILJAM, pnevmoniya — oʻpka yalligʻlanishi, oʻpkaning infeksion kasalligi, mustakil kasallik yoki bosh-qa kasalliklarning asorati qisoblanadi. Zotiljamni turli bakteriyalar (pnevmokokk, streptokokk, stafilokokklar) va viruslar qoʻzgʻatadi. Kasallikning yuzaga kelishi va rivojlanishiga odamning qattiq sovuq qotishi, jismoniy va ruhiy oʻta toliqishi, organizmning ichki zaharlanishi — intoksikatsiya hamda organizmning kasallikka qarshi kurashish qobiliyatini susaytiruvchi boshqa omillar sabab boʻladi, na-tijada … Читать далее

BRONXIT

BRONXIT — bronxlar (asosan shilliq pardasi)ning yalligʻlanishi. Nafas aʼzolarining koʻp uchraydigan kasalliklaridan biri. Bronxit oʻtkir va surunkali boʻladi. Kasallikni koʻpincha pnevmokokklar, gemolitik streptokokklar, stafilokokklar, gripp virusi, Fridlender tayoqchasi va b. keltirib chiqaradi. Sovuqqotish, spirtli ichimliklarni suiisteʼmol qilish, tamaki chekish, baʼzi kimyoviy moddalardan surunkali zaharlanish; yuqori nafas yoʻllarida infeksiya oʻchogʻi borligi (sinusit, gaymorit) ham oʻtkir Bronxit … Читать далее

GRIPP

GRIPP (frans.grippe) , inflyuensa — keng tarqalgan oʻtkir yuqumli kasallik. Yaqqol intoksikatsiya kuzatiladi, nerv va yurak-tomir sistemasi faoliyati buziladi. Grippni viruslar qoʻzgʻatadi; ularning A, A,, A2, V, S turlari maʼlum. Viruslar vaqt-vaqti bilan antigen tuzilishini oʻzgartirib turadi. Jumladan, A turining oʻzida antigen xususiyatiga qarab A (HjN,), A (H3N2) antigenli viruslar farq qilinadi. Oʻzbekistonda, asosan, A, … Читать далее

GOVMIJJA

GOVMIJJA, govmichcha — qovoq chetidagi yogʻ bezlari (tashqi Govmijja) va kiprik tuk piyozchasi (ichki Govmijja)ning oʻtkir yiringli yalligʻlanishi. Tashqi Govmijjada yiringli shish qovoq chetiga, ichki Govmijjada esa shilliq parda tomonga qaragan boʻladi. Bezchalarga yiring paydo qiluvchi mikroorganizmlar tushishi, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik, shuningdek, moddalar almashinuvining buzilishi, avitaminoz, kamqonlik, darmonsizlik, umumiy immunitetning pasayishi, qandli diabet, … Читать далее