DEKARBOKSILLANISH

DEKARBOKSILLANISH — organik kislotalarning karboksil guruhidan yoki bu kislotalar tuzlarining karboksilat guruhlaridan SO2 ajralish reaksiyasi. Dekarboksillanish, odatda, kislotalar yoki ishkrrlar ishtirokida amalga oshadi. Mas, natriy atsetatni natriy ishkrri ishtirokida qizdirilsa SO2 ajraladi va metan hosil boʻladi. Karbonat kislotaga soʻndirilgan ohak va natriy ishqori qoʻshib qizdirilganda tegishli uglevodorod xreil boʻladi. Murakkab efirlarning Dekarboksillanishi ham asoslar (alkogolyatlar, aminlar va b.) taʼsirida spirtli (suvli) eritmalarda roʻy beradi. Turli modda almashinish jarayonlarida fermentativ Dekarboksillanishning ahamiyati katta. Bakteriya va jonivorlarda aminokislotalarning fermentativ Dekarboksillanishi keng tarqalgan. Organizmda Dekarboksillanish reaksiyasini maxsus fermentlar — dekarboksilazalar tezlatadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x