VALIXOʻJAYEV

VALIXOʻJAYEV Botir (1932. 1. 4, Samarqand) — adabiyotshunos. Oʻzbekistan FA akad. (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1982), prof. (1971). Samarqand davlat un-tining filol. f-tini bitirgan (1953), shu untda oʻqituvchi (1956-63), f-tdekanining oʻrinbosari (1964-69), dekan (1971-73, 1986-88), tojik tili va adabiyoti kafedrasi (1974 — 85), oʻzbek adabiyoti tarixi kafedrasi (1985-y. dan) mudiri, prorektor (1990-y. dan). … Читать далее

BIOGEOKIMYOVIY PROVINSIYALAR

BIOGEOKIMYOVIY PROVINSIYALAR — organizmlar tarkibidagi kimyoviy element (birikma) ning mikdoriga koʻra bir-biridan farqqiladigan oblastlar. Biogeokimyoviy provinsiyalarda ayrim kimyoviy elementning kam yoki ortiq boʻlishi oqibatida oʻsimliklar va hayvon organizmlarida turli biologik oʻzgarishlar roʻy beradi. Biogeokimyoviy provinsiyalar kichik maydonni yoki butun qitʼani oʻz ichiga olishi mumkin. Biogeokimyoviy provinsiyalarni Oʻzbekistonda birinchi boʻlib M. A. Rish oʻrgandi (1960). U … Читать далее

VALENTINIAN I

VALENTINIAN I (321-375) – Rim imperatori (364-y. dai). Rim imperiyasining gʻarbiy qismini oʻgʻli Gratsian b-n, sharqiy qismini ukasi Valent bilan birgalikda boshqargan. Alemannlar, kvadlar va b. qabilalarga qarshi urushlar olib borgan. Пост Навигацияси

ANTATSID MODDALAR

ANTATSID MODDALAR (anti… va lot. aciditas — kislota) — ishqoriy xossaga ega boʻlgan va meʼda shirasi tarkibidagi xlorid kislotani neytrallash (bartaraf etish) uchun qoʻllaniladigan dorilar. Antatsid moddalardan natriy gidrokarbonati, magniy oksidi va b. meʼda shirasida kislota koʻpayib ketgan gastritlarda, meʼda va oʻn ikki barmoq ichak yaralarida qoʻllaniladi.

VAKUUM-FILTR

VAKUUM-FILTR — tarkibida muallaq qatgiq zarralari bor suyuqliklar (suspenziyalar)ni tozalaydigan apparat. Filtrlovchi material paxta, jun, asbest yoki shisha gazlamadan tayyorlanadi. Tozalash jarayoni vakuum nasosi hosil qiladigan filtrlovchi qavat usti va ostidagi bosimlar farqi hisobiga sodir boʻladi. Davriy va uzluksiz ishlaydigan, diskli, lentali, tarelkasimon, karusel va b. xillari bor. V.-f. kimyo sanoati, tibbiyot va b. tarmokdarda … Читать далее

ANSORIY

ANSORIY (taxallusi; asl ismi Abu Ismoil Abdulloh ibn Muhammad Hiraviy) (1006—Hirot — 1088) — mutafakkir, faylasuf va shoir. Tasavvufning yirik namoyandasi. Nasabi ansorlarga taqaladi (taxallusi shundan olingan).

BIN

BIN (Bean) Alan (1932.15.3. Uiler sh.,) — AQSH astronavti, Harbiy dengiz kuchlarining isteʼfodagi 1rang kapitani. «Apollon12» kosmik kemasida parvoz qilib, Oy sirtiga tushgan (1969, noyab.), «Apollon»da, «Skayleb» odbital st-yasida parvoz qilgan (1973, iyul — sent.). Пост Навигацияси

VAKUUM

VAKUUM (lot. vacuum — boʻshliq) — gazning atmosfera bosimidan past bosimdagi holati. Vakuum tushunchasi maʼlum hajmdagi gazga, shuningdek kosmik fazoga tatbiq qilinadi. Vakuum bosim birligi bilan oʻlchanadi. Gazning Vakuum dagi xususiyati gaz toʻldirilgan idish oʻlchami b-n gaz molekulalarining erkin oʻtish yoʻli (molekulaning bir toʻqnashishidan ikkinchi toʻqnashishigacha bosib oʻtgan yoʻlning oʻrtacha uzunligi) orasidagi munosabatga bogʻliq. Gazning … Читать далее