VAYNSEP

VAYNSEP, uaynsep — kechpishar olma navi, Amerikadan keltirilgan. Daraxti oʻrta boʻyli, shox-shabbasi keng. Koʻchati oʻtkazilgach, 6—7 yilda hosil-ga kiradi. Apr. ning oʻrtalarida gullaydi. Mevasi oʻrtacha (100—120 g), yumaloq, och kizil, sirti mayda oq nuqtalar b-n qoplangan. Eti sargʻish, oʻrta shirali, (12,5 % qand 0,6 % kislota), tigʻiz, xushboʻy. Mevasi sent. oxiri — okt. boshlarida uziladi, … Читать далее

BIK GʻOʻZASI

BIK GʻOʻZASI (Gossypium bickii Proch.) — yovvoyi gʻoʻza turi. Genomi S4, xromosomalari soni 2p=26. Birinchi marta ingliz olimi L. Beyli taʼriflab bergan (1910). 1964-y. dan oʻrganilmoqda. Shim. Avstraliyaning ayrim shtatlarida tarqalgan. Bik gʻoʻzasi past boʻyli buta, oʻsuv shoxlari koʻp, zich tutamtutam tuklar bilan qoplangan. Hosil shoxlari kalta, 2—3 boʻgʻimli. Poyasi ingichka, yer«bagirlab usadi. Gullari mayda, … Читать далее

ANKERLI USTUN

ANKERLI USTUN — qatlamqatlam togʻ jinslarini bir-biriga mahkamlovchi element. Metall, temirbeton, kamdan-kam hollarda yogʻochdan ishlanadi. Togʻ jinslarini parmalab ochilgan teshiklarga uzun metall sterjenlar (ankerlar) oʻtkaziladi. Ankerning bir uchi togʻ jinsi orasiga maxsus qulf bilan mahkamlanadi, ikkinchi (pastki) uchi ga shayba va gayka yordamida ustki tirak Ankerli ustun. biriktiriladi.

VAZIR

VAZIR (arab. — yuk koʻtaruvchi) — oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. Vazirlar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. Vazirlar podshoh, xon viloyat hokimligiga tayinlagan shahzoda va xonzodalarning yordamchilari hisoblangan. Arab xalifaligida Vazir lavozimini 1-bulib xalifa al-Mansur (754—775) joriy etgan. … Читать далее

BIJOPUR

BIJOPUR — Hindistondagi oʻrta asr davlati. Uning asoschisi baxmaniylar (q. Baxmaniypar sultonligi) noibi Yusuf Odilxon boʻlib, u 1489-y. oʻzini mustaqil deb zʼlon qilgan va odilshohlar sulolasini boshlab bergan. Shivaji rahbarligidagi marathalar qoʻzgʻoloni va boburiylar bilan boʻlgan urushlar Bijopurni zaiflashtirgan. 1686-y. Boburiylar davlati tomonidan boʻysundirilgan. Пост Навигацияси

VAGON AGʻDARGICH

VAGON AGʻDARGICH — t. y. yuk vagonlaridan sochiluvchan yuklarni mexanik tarzda boʻshatadigan inshoot. Vagon agʻdargich yukni vagonlarni toʻnkarib, boʻylama yoki koʻndalang qiyalatib boʻshatadi. Vagon agʻdargich soatiga 20—30 vagondagi yukni boʻshatishi mumkin. Vagon agʻdargichning afzalligi — omborlarda, ruda maydonlarining istalgan (lekin t. y. izlari oʻtkazilgan) joylarida foydalanish mumkinligi. Vagon agʻdargichdan koks-kimyo z-dlari, metallurgiya korxonalari, yirik qurilish … Читать далее

BIVA

BIVA — Yaponiyadagi eng katta koʻl, Xonsyu o. da. Mayd. 716 km2, chuq. 86 m gacha. Togʻ oraligʻi botigʻida joylashgan. Gʻarbiy qirgʻoqlari baland, sharqi — past. Koʻldan Yodo daryosi boshlanib Osaka qoʻltigʻiga quyiladi. Kanallar orqali Osaka va Kioto sh. lari b-n bogʻlangan. Kema qatnaydi. Turizm rivojlangan. Пост Навигацияси