GAMETOFIT

GAMETOFIT (gametalar va fito…) — nayeli almashinib rivojlanadigan oʻsimliklarning jinsiy nayeli (boʻgʻini). Gametofit sporadan hosil boʻladi. Nayel almashinish tipiga binoan Gametofit har xil boʻladi. Nayeli izomorf almashinib turadigan suv oʻtlarida Gametofit mustaqil hayot kechiradigan va tashqi koʻrinishi bilan diploid sporofitdan deyarli farq qilmaydigan boʻgʻin hisoblanadi. Geteromorf siklli organizmlar (laminariya suv oʻtlari)da Gametofit kuchsiz shoxlanadigan va … Читать далее

BAQAQURILLOQLAR

BAQAQURILLOQLAR (Hylidae) – dumsiz amfibiyalar turkumining oilasi. 35 uruqqa boʻlingan, 580 turi bor. Yer yuzining hamma qismida uchraydi, tropik Amerika va Avstraliyada koʻproq tarqalgan. Oʻzbekistonda uchramaydi. Baqaqurilloqlar, asosan, daraxtlarda yashaydi. Shuning uchun ular daraxt baqasi deb ham ataladi, barmoqlarining uchidagi disksimon yumshoq bezli plastinkasi Baqaqurilloqlarning daraxt shoxi va bargiga yopishib turishiga yordam beradi. Xaltachali baqaqurilloq … Читать далее

BARMOQLAR

BARMOQLAR — odamda qoʻloyoq kaftlarining uch qismi; B. beshta boʻlib, har bir barmoqda uchtadan (bosh barmoqda ikkita) naysimon mayda suyaklar — falangalar bor. B. oʻzaro boʻgʻimlar, muskullar orqali bir-biri b-n erkin xarakat kila oladigan tarzda birlashgan. Odam qoʻl barmoqlarini bukib asboblarni ushlash, mehnat qobiliyatini oshirish imkoniyatiga ega. Shuning uchun tarixiy rivojlanishda bosh barmoq qolgan Barmoqlarga … Читать далее

BALOGʻATGA YETISH

BALOGʻATGA YETISH, balogʻat, rasida (rasta) boʻlish, boʻyiga yetish — organizmning bir qancha anatomik va fiziologik oʻzgarishlar natijasida biologik jihatdan sekin-asta voyaga yetishi hamda jinsiy jihatdan yetilib, koʻpayishga, yaʼni naslni davom ettirishga layoqatli boʻlib qolishi. Qizlar oʻgʻil bolalarga nisbatan ertaroq balogʻatga yetadi. Qizlarda bu davr aksari 12 — 14 yoshdan 16 — 18 yoshgacha, oʻgʻil bolalarda … Читать далее

BAKTERIYALAR

BAKTERIYALAR (yun. bakterion — tayoqcha) — bir hujayrali mikroorganizmlarning katta guruhi; shakllangan yadroga ega boʻlmagan mikroskopik organizmlar — prokariotlar. B. da hujayra pardasi, koʻp miqdorda dezoksiribonuklein kislota (DNK), sodda yadro bor. Mitoxondriy va xloroplastlar odatda, boʻlmaydi, yadroning xromosomalari va qobigʻi koʻzga koʻrinmaydi. Bakteriyalar koʻndalangiga boʻlinish (baʼzan choʻzilish yoki kurtaklanish) yoʻli bilan koʻpayadi. Bakteriyalarning koʻp turi … Читать далее

GUL POCHO ULFAT

GUL POCHO ULFAT (1909, Lagʻmon – 1977, Kobul) — afgʻon shoiri, yozuvchi, jurnalist va jamoat arbobi. Pashtu (afgʻon) va forsi-kobuliy (dariy) tillarida ijod qilgan. Afgʻon akademiyasi adabiyot boʻlimi mudiri (30-y. lar 2-yarmi), prezidenti (1956—62). Sheʼriy («Afgʻon qoʻshiqleri», 1946; «Saylangan sheʼrlar», 1954 va b.), nasriy («Tanlangan hikoyalar», 1957 va b.) va adabiyotshunoslikka doir («Yozuvchilik mahorati», 1961 … Читать далее

GIPPOKRAT

GIPPOKRAT (Hippokrates) (mil. av. 460, Kos oroli — 377, Fessaliya) , Buqrot, Abuqrat — yunon vrachi, ilmiy tibbiyot asoschilaridan biri. G. Yunonistonda mashhur boʻlgan shifokor gippokratlar sulolasining oʻn sakkizinchi avlodi. U tibbiyotga oid maʼlumotni otasi Geraklitlan olgan. Gippokrat asarlari Gʻarb va Sharq vrachlari qoʻlida moʻtabar qullanma boʻlib keldi. Gippokratga 75 ga yaqin asar nisbat beriladi. … Читать далее

GIDROLIZ

GIDROLIZ (gidro… va yun. lysis — ajralish, parchalanish) — moddalar b-n suv oʻrtasida oʻzaro taʼsir natijasida turli birikmalar (kislota, asos va b.) hosil boʻlishi, jumladan (tuzlarda) ion almashinuv reaksiyasi. Gidrolizni qoʻyidagi umumiy tenglama bilan koʻrsatish mumkin: A-V+N-ON «± A-N+V-ON, bu yerda A—V — gidrolizlanuvchi modda (tuz), A—N (kislota). V—ON (asos) — gidroliz mahsuloti. Gidroliz anorganik … Читать далее

GIBERNATSIYA

GIBERNATSIYA (yun. hibematio — kishlash, qishki uyqu yoki hibernatio — qishki) — 1) yilning noqulay mavsumida yashab qolish uchun hayvonlarda barcha hayot jarayonlarining vaqtincha toʻxtashi, qishki uyqu; 2) issiq qonli hayvonlar va odam organizmы faoliyatining sunʼiy ravishda sekinlashtirilgan holati. Termoregulyatsiyattg neyroendokrin mexanizmlarini toʻsuvchi neyroplegik vositalarni qoʻllash orqali hosil qilinadi. G . da organizm kislorod tanqisligi … Читать далее

BAYBAK

BAYBAK, choʻl sugʻuri (Marmota bobac) — sugʻurlar urugʻiga mansub sut emizuvchi hayvon. Tyinsimonlar oilasiga kiradi. Tanasining uz. 60 sm gacha, dumi 15 sm gacha, ogʻirligi 6,5 kg gacha. Rossiya, Ukraina va Shim. Qozogʻiston choʻllarida tarqalgan. Tuproqda qazilgan inlarida oila boʻlib yashaydi. Ertalab va kechqurun faol hayot kechiradi. Qishda 6 oy uyquga ketadi. Soni kamayib ketganligi … Читать далее