BARMOQLAR

BARMOQLAR — odamda qoʻloyoq kaftlarining uch qismi; B. beshta boʻlib, har bir barmoqda uchtadan (bosh barmoqda ikkita) naysimon mayda suyaklar — falangalar bor. B. oʻzaro boʻgʻimlar, muskullar orqali bir-biri b-n erkin xarakat kila oladigan tarzda birlashgan. Odam qoʻl barmoqlarini bukib asboblarni ushlash, mehnat qobiliyatini oshirish imkoniyatiga ega. Shuning uchun tarixiy rivojlanishda bosh barmoq qolgan Barmoqlarga nisbatan koʻndalang joylashib, biror narsani ushlashga moslashgan. Oyoq B. i bukilibyozilib odamning yurishiga, tik turganda muvozanatni saqdashga moslashgan. Barmoqlar dagi muskullar mayda qon tomir va nervlarga boy, shu tufayli turli nozik harakatlarni (musiqa asbobini chalish, yozish, rasm chizish va h. k.) bajarishga imkon beradi. Ona qornida homilaning notoʻgʻri rivojlanishi natijasida barmoqsizlik (adaktiliya), B. sonining kam (oligodaktiliya) yoki koʻp (polidaktiliya) boʻlishi uchrab turadi. Hayvonlarda Barmoqlarning tuzilishi va shakli ularning hayot sharoitiga, bajaradigan vazifasi (kovlash, uchish, suzish)ga qarab turlicha boʻladi. Qushlarda oldingi oyoq qanotga aylanib, uch barmoq rudimenti qolgan, orqa oyogʻida 4 ta barmoq bor. Tuyoqli hayvonlarda esa Barmoqlar tuyoqdan iborat va H. k.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x