BERDO

BERDO — toʻquv stanogi (dastgohi) ning asosiy ish organlaridan biri. Qadimdan gazmollar toʻqishda qoʻllanilgan. Berdo bir-biriga parallel joylashgan bir necha temir plastinkalardan taroq shaklida yasaladi. Berdo toʻquv stanogida tanda iplarini toʻqima eniga bir tekis taqsimlaydi, zichlashtiradi, arqoq ipini toʻqima chetiga uradi, mokini yoʻnaltirib turadi. Plastinkalar orasidan tanda iplari oʻtkaziladi. Berdo toʻquv stanogi bataniga tiqib qoʻyiladi. … Читать далее

DIATERMOKOAGULYATSIYA

DIATERMOKOAGULYATSIYA (dia… va yun. therme — issiklik, harorat va lot. coagulatio — ivish) , elektro koagulyatsiya — tirik organizm toʻqimalarini maxsus generatorlardan olinadigan yuqori chastotali oʻzgaruvchan tok b-n quydirish; toʻqimalarni 80° gacha qizdirib, osqillarni ivitishga asoslangan jarroxlik usuli. Qon ketishini toʻxtatishda, odatdagi usullar bilan olib tashlab boʻlmaydigan oʻsmalar (mas, teri, hiqildoq oʻsmalari), bachadon boʻynining eroziyalari, … Читать далее

ZOND

ZOND (frans. zonde — sezish asbobi) — odamning tabiiy yoki patologik kanallariga va gavda boʻshliklariga diagnostika hamda davolash maqsadida kiritiladigan tibbiy asbob. Poʻlat, kumush, rezina va boshqalardan yasaladi. Nima maqsadda qoʻllanishiga qarab meʼda zondi, duodenal 3., koʻz Z. i, tish Z. i, bachadon Z. i, ichak Z. i boʻladi. Пост Навигацияси

IT

IT (Cams familiaris) — boʻrisimonlar oilasiga mansub uy hayvoni. Hamma mamlakatlarda tarqalgan. Yovvoyi ajdodi boʻri. Mezolit davrida (mil. av. 15 — 10 ming yil) xonakilashtirilgan. It larning hid bilish, eshitish va koʻrish organlari, shuningdek, miyasi yaxshi rivojlangan. Y. larda 42 tish boʻlib, qoziq tishi nihoyatda mustahkam. Urgʻochisi 7—8 oyda, erkagi 10 — 12 oyda jinsiy … Читать далее

KALSIY

KALSIY (lot. Calx, Calcis — ohak soʻzidan olingan; Calcium) , Ca — Mendeleyev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy element. Ishqoriy-yer metallariga kiradi; tartib raqami 20, at m. 40,08. Tabiiy Kalsiy oltita barqaror izotopdan tuzilgan: 40Sa (96,94%), 44Sa (2,09%), 42Sa(0,67%), 48Sa (0,187%), 43Sa (0,135%) va 46Sa (0,003%). Oksidlanish darajasi +2, goho + 1; ionizatsiya energiyasi … Читать далее

ZARIFOVLAR SULOLASI

ZARIFOVLAR SULOLASI — oʻzbek sirk sanʼati ustalari avlodi. Yangi oʻzbek sirk sanʼatining vujudga kelishida yetakchi oʻrin tutgan. Sulola boshligʻi Oʻzbekiston xalq artisti Zarifov Karim (1890 — Toshkent — 1960.20.12) — qiziqchi, muallaqchi, ot oʻrgatish va chavandozlikning asoschisi. Faoliyatini 8 yoshidan boshlagan. 1902-y. Toshkentda tashkil etilgan birinchi Uzbek yarim professional sirkning yosh aʼzosi. Shuningdek, davlat sirk … Читать далее

VADUS

VADUS — Lixtenshteyn knyazligining poytaxti. Reyn daryosining oʻng sohilida, Retikon togʻi etagida joylashgan. Axoliyey 4,8 mingdan ziyod kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Vadus mamlakatning savdo-moliya markazi. Shaharda mayda sanoat korxonasi koʻp; sanoat mahsulotiningdeyarli hammasi chetga chikariladi. Vadus va uning atrofida aniq mashinasozlik, asbobsozlik, samolyotsozlik, raketasozlik, sanoati uchun detallar tayyorlovchi korxonalar, Yevropadagi eng katta «Neolitsa» sunʼiy (chinni) … Читать далее

BOLGARIYA

BOLGARIYA (Bʼlgariya), Bolgariya Respublikasi — Yevropaning jan., Bolqon ya. o. ning sharqiy qismidagi davlat. Sharqda Qora dengiz bilan oʻralgan. Mayd. 111 ming km2. Aholisi 8,3 mln. kishi (1997). Poytaxti — Sofiya sh. Maʼmuriy jihatdan 9 viloyatga, ular jamoalarga boʻlinadi. Sofiya sh. viloyatga tenglashtirilgan. Davlat tuzumi. Bolgariya — parlamentli respublika. 1946-y. dan 1990-y. 15 noyab. gacha … Читать далее

YAKKABOGʻ

YAKKABOGʻ — Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanidagi shahar (1978 yil dan), tuman markazi. Viloyat markazi (Qarshi) dan 95 km sharkda. T. y. stansiyasi. Aholisi 22,3 ming kishi (2003). Paxta tozalash, gʻisht zdlari, MTP, toʻqimachilik korxonasi, qurilish tashkilotlari, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, Oʻzbekiston — Germaniya «Yakkabogʻteks» qoʻshma korxonasi bor. 5 umumiy taʼlim maktabi, bolalar … Читать далее

YERCHOY

YERCHOY (Orthurus kokanicis) — raʼnodoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt, boʻyi 45 sm cha. Boʻgʻiz barglari oddiy, poyadagilari qisqa bandli yoki bandsiz. Gullari sariq, 2—7 tadan. burma toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi — murakkab, pista, Oʻzbekistonning togʻli tumanlarida oʻsadi. Yerchoyning yer ostki qismi tarkibida gein glikozidi, 0,42% gacha efir moyi, 36% dan ortiqroq oshlovchi moddalar, organik kislotalar … Читать далее