GINGIVIT

GINGIVIT (lot. gingiva — milk, itis — yalliglanish) — milk shilliq qavatining yalligʻlanishi. Meʼda-ichak, nafas aʼzolari, yurak-tomir, nerv sistemasi, periodontit, paradontoz, qon kasalliklari, infeksion kasalliklar, avitaminozlar, ogʻir metallar (simob, qoʻrgʻoshin va b.)ning tuzlaridan zaharlanish,. tish toshi G. ga sabab boʻladi. Baʼzan antibiotshlar yoki boshqa dorilar qabul qilinganda ham Gingivit yuzaga keladi. Hayz sikli buzilganda, homiladorlik … Читать далее

QOʻSHKOʻPIR TUMANI

QOʻSHKOʻPIR TUMANI – Xorazm viloyatidagi tuman. 1936-y. 17 apr. da tashkil etilgan. 1962-y. 14 dek. Da Xiva tumaniga qoʻshib yuborilgan. 1966-y. 9 yanv. da qayta tashkil etilgan. Shim. dan Shovot, shim.-sharq va sharqdan Urganch tumanlari, jan. dan Xiva tumani, gʻarbdan Turkmaniston bilan chegaradosh. Mayd. 0,54 ming km2. Aholisi 128,7 ming kishi (2005) . Tumanda 1 … Читать далее

QOLIP

QOLIP — 1) amaliy sanʼatda — bezak naqshni quyib (terib), bosib yasash uchun ishlatiladigan maxsus shakldagi moslama; andaza. Oʻyma gulli Qolip ip matoga gul bosishda ishlatiladi; jez quyishda ishlatiladigan yogʻoch yoki ganch shakl; zargarning ziynat buyumlar yuzasida bezak yaratishda qoʻllaydigan gul Qolip, gʻisht Q. — xom gʻisht quyadigan yogʻoch moslama; ganch bezak quyishda, koshin parchinlardan … Читать далее

DENTIN

DENTIN (lot. dens — tish) — suyaksimon pishiq toʻqima, tishning asosiy qismini tashkil etadi. Tish koronkasida Dentin emal b-n, boʻyni va ildizida esa sement bilan qoplangan. Dentin 70—72% mineral tuzlar va taxm. 28% organik moddalardan tarkib topgan. Dentin asosan kollagen tolalar va ular orasidagi amorf moddalardan iborat; moddalar orasida Tome tolalari deb ataluvchi hujayra oʻsiqchalari … Читать далее

YASAMA TISH

YASAMA TISH, tish protezi — turli sabablar tufayli tushib ketgan yoki olib tashlangan tabiiy tishlar oʻrnini toʻldirish hamda tish nuqsonlarini yoʻqotish maqsadida ishlatiladigan maxsus ortopedik moslama. Bolalar tishi notoʻgʻri joylashganda va jagʻ tishlar jipslashuvi buzilganda maxsus moslama qoʻllaniladi (ortodontik davo), bu esa ular yuzidagi nuqsonlarning oldini olish va davolash imkonini beradi. Yasama tish har bir … Читать далее

QUVA

QUVA — Fargʻona viloyati Quva tumanidagi shahar (1974-y. dan), tuman markazi. Fargʻona sh. dan 40 km shim,-sharqda. Yaqin t. y. stansiyasi Quva (4 km). Aholisi 40 ming kishi (2005). q. — Fargʻona vodiysidagi eng qad. shaharlardan biri. Shaharning vujudga kelishi va nomi xaqida turli rivoyatlar mavjud. «Fargʻona tarixi»ning muallifi Ibratning yozishicha, Quva Qubod (yoki Qubo) … Читать далее

QORI QUNDUZIY

QORI QUNDUZIY (taxallusi; asl ismi Imomali Sulton Muhammad) (1786, Qunduz sh., Afgʻoniston — 1857, Qoʻqon) — shoir va tarixchi. Tugʻma koʻr boʻlgan. Buxoroda tahsil olib, u yerda «Hofizi Qurʼon» boʻlib tanilgan. Arab tilining sarf va nahvi, fiqh, hadis va adabiyot ilmini chuqur bilgan. Amir Umarxon (1787—1822) Qoʻqon taxtiga oʻtirgach, Qori Qunduziy ham Qoʻqon sh. ga … Читать далее

KLOAKALILAR

KLOAKALILAR, tuxum qoʻyuvchilar, bir teshiklilar, dastlabki darrandalar (Prototheria) — hoz. sut emizuvchilarning eng tuban tuzilgan kenja sinfi. Qazilma qoldiklari Avstraliya va Jan. Amerikada pleystotsen davri qatlamlaridan maʼlum. Sut emizuvchilarning sudralib yuruvchilarga oʻxshash umumiy ajdodidan kelib chiqqan, lekin keyinchalik mustaqil rivojlangan. Bosh qutisi togʻayining tuzilishi, bosh qutisi qopqogʻi suyaklarining oʻzaro nisbati, yelka kamarida qorakoid va prokorakoid … Читать далее

QOʻY

QOʻY — quvushshoxlilar oilasi qoʻylar turkumiga mansub juft tuyoq-li, kavsh qaytaruvchi uy hayvoni. Qoʻy bundan 8 ming yil avval xonakilashtirilgan. Uning ajdodi yovvoyi qoʻylar (muflonlar, arxar, arkallar) hisoblanadi. Mavjud kalta dumli qoʻy zotlari muflonlardan, uzun dumli qoʻy zotlari va yogʻli dumli qorakoʻl qoʻylari arxarlardan, dumbali (hisori, jaydari va sh. k.) qoʻylar arkallardan kelib chiqqan. Qoʻy … Читать далее

KALSIY KARBONAT

KALSIY KARBONAT, SaSO, — karbonat kislotaning kalsiyli tuzi. Rangsiz kristall modda. Tabiatda ikkita minerali: kalsit (boʻr, ohaktosh, marmar holida) va aragonit keng tapqalgan. Suvda yomon, kislotalarda yaxshi eriydi. Qizdirilganda suyuqlanmasdan kalsiy oksid (SaO) va karbonat angidridga (SO2) parchalanadi. Tabiiy Kalsiy karbonat ohak, shisha, linoleum olishda, kalsiyning boshka birikmalarini sintez qilishda ishlatiladi. Sintetik usulda kalsiy xlorid … Читать далее