BERDO

BERDOtoʻquv stanogi (dastgohi) ning asosiy ish organlaridan biri. Qadimdan gazmollar toʻqishda qoʻllanilgan. Berdo bir-biriga parallel joylashgan bir necha temir plastinkalardan taroq shaklida yasaladi. Berdo toʻquv stanogida tanda iplarini toʻqima eniga bir tekis taqsimlaydi, zichlashtiradi, arqoq ipini toʻqima chetiga uradi, mokini yoʻnaltirib turadi. Plastinkalar orasidan tanda iplari oʻtkaziladi. Berdo toʻquv stanogi bataniga tiqib qoʻyiladi. Berdo tishlari (plastinkalari) zichligiga (har 1 sm ga 2,5 dan 40 tagacha tish) qarab toʻqilgan gaxaama zichligi ham har xil chiqadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x