YERCHOY

YERCHOY (Orthurus kokanicis) — raʼnodoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt, boʻyi 45 sm cha. Boʻgʻiz barglari oddiy, poyadagilari qisqa bandli yoki bandsiz. Gullari sariq, 2—7 tadan. burma toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi — murakkab, pista, Oʻzbekistonning togʻli tumanlarida oʻsadi. Yerchoyning yer ostki qismi tarkibida gein glikozidi, 0,42% gacha efir moyi, 36% dan ortiqroq oshlovchi moddalar, organik kislotalar va b. bor. Efir moyining 85% chasi evgenol. Yerchoy xalq tabobatida tish kasalliklarini davolash va ogʻriqni qoldirishda, damlama va ekstrakti meʼda-ichak kasalliklarini davolashda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x