VIBROMAYDON

VIBROMAYDON — qurilish maydonlari va z-dlar sharoitida beton va temir-beton buyumlar (mas., bloklar, plitalar, devor panellari, koʻp gʻovakli toʻshamalar, koʻpriklarning qulochlari elementlari) tayyorlashda beton qorishmalarni zichlovchi titrama mashina. Tebranish tarziga koʻra doiraviy, vertikal, gorizontal yoʻnalishda titraydigan va zarbiy xillarga, tuzilishiga koʻra romli va blokli xillarga boʻlinadi. Titrashlar Vibromaydondan unga mahkamlangan, ichiga beton qorishmasi solingan qolipga … Читать далее

BUGʻDOY

BUGʻDOY (Triticum) — gʻalladoshlar oilasiga mansub oʻtsimon oʻsimliklar turkumi; eng qad. va hoz. dunyoning koʻpgina mamlakatlarda ekiladigan asosiy don ekini. Somatik hujayralarida xromosomalarning soniga koʻra farq qiladigan 3 (diploid, tetraploid, geksaploid) qatorga kiradigan 30 ga yaqin yovvoyi va madaniy turlari bor. Jahon dehqonchiligida asosan yumshoq Bugʻdoy yoki oddiy Bugʻdoy (T. aestivum, T. vulgare) va qattiq … Читать далее

VAZIRLIK

VAZIRLIK — muayyan davlatlarda alohida bir sohaga rahbarlik qiladigan ijrochi organ. V. rahbari, odatda, hukumat tarkibiga kiruvchi davlat arbobi hisoblanadi. Vazirliklar qonun chiqaruvchi oliy organlar (mas., AQSHda) yoki davlat rahbari (mas., Fransiyada) tomonidan, qonunlar yoxud hukumat aktlari asosida (mas., Buyuk Britaniyada) tashkil qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasida Vazirlik davlatning markaziy boshqaruv organi, davlat mahkamasining muhim qismi. Asosiy … Читать далее

BURGʻI QUDUGʻI

BURGʻI QUDUGʻI — yer qatlamlarini oʻrganish va ulardagi foydali qazilmalarni, mineral yoki chuchuk suvlarni aniqlash va ularni chiqarib olish uchun, shuningdek kavlanadigan quduq. B. q. yer yuzasida, yer osti togʻ inshootlarida burgʻi qurilmasi yordamida shpur kavlash uchun turli burchak ostida parmalanadi. Burgʻi qudugʻining ogʻzi, tubi (zaboy) va stvoli boʻladi. Burgʻi qudugʻi diametri, odatda, 59 — … Читать далее